Virtual olamda din omilini tadqiq etişning ahamiyati

Virtual olamda din omilini tadqiq etişning ahamiyati

Ulaşiş
TelegramFacebookX

Virtual olamda din omilini tadqiq etişning ahamiyati

Jahonda röy berayotgan globallaşuv diniy ğoyalarning virtual makonda tarqaliş jarayonini tezlaştirib, diniy mediakontentning keskin ösişiga olib keldi. Diniy mazmundagi materiallarda ma’naviy qadriyatlarni tarğib qiliş bilan bir qatorda, diniy aqidalar niqobidagi ekstremistik ğoyalar ham tarqalmoqda. Şu bois “islom ma’rifati ğoyalarini çuqur örganiş va dunyoga tarğib etiş böyiça sa’y-harakatlari”[1], şuningdek jamiyatda diniy bağrikenglik buzilişiga olib keladigan ğoyalar tarqalişining oldini oliş”[2] muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Dunyodagi dinşunoslik va islomşunoslikka ixtisoslaşgan ilmiy markazlarda virtual olamda din omili xususiyatlari hamda diniy mediakontentning qiyosiy tahliliga oid muammolar dinşunoslarning keng kölamli gumanitar fanlar bilan hamkorlikdagi faoliyati natijasida örganilmoqda. Hozirgi vaqtda mediakontentning xususiyatlari, statistik va kontent tahlillari bilan boğliq izlanişlar amalga oşirilmoqda. Diniy mediakontentni örganişda dinşunoslik, din tarixi, din sotsio-psixologiyasi kabi fan sohalari doirasida tadqiqotlar olib borilayotgani uning fanlararo va zamonaviy sinkretik yondaşuv talab qilayotganini körsatadi. Internet va din, “raqamlaştirilgan din”, media va din tuşunçalarining dunyo aholisining ijtimoiy-madaniy hamda diniy hayotiga ta’siri sababli diniy mediakontentlarni ilmiy-konseptual örganiş dolzarb ahamiyat kasb etib,  davlat tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.

Yangi Özbekistonda internet tarmoğidagi diniy mediakontent foydalanuvçilarning vijdon erkinligi huquqini ta’minlaş, diniy bağrikenglik va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlaş, şuningdek jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qöşgan mutafakkir allomalar — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiylarning boy ma’naviy va ilmiy merosidagi insonparvarlik, ezgulik va tinçlik kabi umuminsoniy ğoyalarni çuqur örganiş orqali madaniyat va ma’rifat rivojiga xizmat qilmoqda. “Ommaviy axborot vositalarida, şu jumladan Internet jahon axborot tarmoğida diniy-maʼrifiy sohadagi yagona davlat siyosatiga nisbatan noxolis maʼlumotlar tarqalişining oldini oliş hamda diniy mutaassiblik va ekstremizm ruhidagi axborotlarga tezkor va ilmiy raddiyalar beriş”[3] muhim ahamiyat kasb etayotganini izohlaydi.

Aholi orasida birdamlik, özaro hurmat va mehr-oqibat ruhini kuçaytiriş, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlaşga qaratilgan dolzarb ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş vazifasi davlat siyosati darajasiga kötarilgan[4]. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlaş hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni, 2023-yil 30-apreldagi PF-4947-son “Özbekiston – 2030” strategiyasi töğrisidagi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil         20-avgustdagi 521-son “Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarorida belgilangan vazifalar yuqoridagi mavzuda tadqiqot olib boriş naqadar ahamiyatli ekanini isbotlaydi.

 

Abduraimova Şahzoda Abdulatip qizi
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi
“Dinşunoslik va jahon dinlarini qiyosiy örganiş UNESKO” kafedrasi tadqiqotçisi

[1] Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi. 23.09.2025. https://president.uz/oz/lists/view/8525

[2] Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi PQ-180-son “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlaş, olib kiriş va tarqatiş hamda dinşunoslik ekspertizasini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi Qarori. – [https://lex.uz/ru/docs/5957921](https://lex.uz/ru/docs/5957921)

 [3] Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”- 20.08.2025 yildagi 521-son qarori. https://lex.uz/ru/docs/-7691291

[4] Özbekiston Respublikasi Prezidentining“Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlaş hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 21.04.2025 yildagi PF-68-son  Farmoni. (https://www.lex.uz/uz/docs/-7486257)

Oldingi materialDiniy mediakontent mavzularini şakllantiruvçi içki va taşqi omillarning tarixiy bosqiçlariKeyingi materialMAHMUD ZAMAXŞARIY ASARLARINING YOŞLARNI MILLIY VA DINIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALAŞDAGI ÖRNI