Diniy mediakontent mavzularini şakllantiruvçi içki va taşqi omillarning tarixiy bosqiçlari
Diniy mediakontent mavzularning şakllanişi hamda rivojlanişi murakkab jarayon bölib, u içki va taşqi omillarning özaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Uşbu jarayonni tarixiy nuqtai nazardan tahlil qiliş, zamonaviy diniy mediakontentning xususiyatlarini tuşuniş uçun muhim ahamiyatga ega ekanligi oydinlaşadi. Dinşunos olim Oliver Kruger özining “Dinda medialaştiriş nazariyasi mantiği: yangi paradigmaning tanqidiy tahlili”[1] maqolasida jarayonlarni umumiy tarixiy davrlarini zamonaviylikdan oldingi va zamonaviy davr körinişda umumlaştirgan.
“Zamonaviylikdan oldingi davr” (Pre-modern) deb, XIX asr oxiri XX örtalarini öz içiga oladi. Davrning öziga xos xususiyati sifatida diniy muassasalar va hokimiyat kontentni belgilaşda hukmronlik qilgani belgilanadi. “Diniy va siyosiy institutlar jamiyatlarda nafaqat kontentni belgilaşda, balki axborot oqimining markazlaşuvida ham asosiy rol öynagan, bu esa axborotning ijtimoiy nazoratini mustahkamlagan[2]. Savodxonlikning çeklanganligi, ma’lumotlar bazasiga kirişning qiyinligi, oğzaki an’analar va qölyozmalarni asosiy ommaviy axborot vositalari şakliga aylantirgan. Şuningdek, geografik joylaşuv, madaniyatlararo almaşinuvning çeklanganligi, uruşlar va siyosiy mojarolarning ma’lumot tarqatilişiga ta’siri, bosma naşrning dastlabki şakllari paydo bölişi taşqi omil sifatida diniy mediakontentlarning tarqalişiga ta’sir körsatgan.
“Zamonaviy davr” XX asr örtalaridan to hozirgaça bölgan davrni qamrab olib, ommaviy axborot vositalari sifatida gazeta, jurnallar köpayişi bilan xarakterlanadi. Media savodxonlik darajasining oşişi, siyosiy partiyalarning rivojlanişi, ularning ommaviy axborot vositalariga ta’siri mediakontentlarni şakllantiruvçi içki omillar sifatida namoyon böla boşladi. Taşqi omillar sifatida texnologik yutuqlar (telegraf, radio ixtirolari), jahon uruşlarining ommaviy axborot ma’lumotlar bazasiga ta’siri e’tirof etildi. Ikkinçi jahon uruşidan keyingi davrda teledasturlar, elektron ommaviy axborot vositalarining ösişi, iste’molçilik va reklamaning ommaviy axborot kontentiga ta’siri, antimadaniy harakatlar, ijtimoiy faollikning kuçayişi esa içki omillar sifatida baholandi. “Ikkinçi jahon uruşidan keyin teledasturlar va elektron media vositalarining kengayişi ijtimoiy hayotda yangi iste’mol madaniyati va reklama tizimining paydo bölişiga olib keldi, bu esa mediakontentni iste’molçilik va reklama ta’siriga nisbatan sezilarli darajada özgartirdi”[3].
Diniy media materiallar evolyutsiyasi bir-birini töldiruvçi içki: ideologik orientatsiya, auditoriya demografiyasi, til-uslub, janr hamda taşqi: huquqiy-regulyativ muhit, texnologik infratuzilma, platformalar algoritmlari, ijtimoiy-siyosiy vaziyat omillarning turli tarixiy bosqiçlarda özgarib borişi bilan belgilanadi. 1990-yillar boşida, har ikki davlatdagi yirik özgariş ya’ni Özbekiston mustaqilligi, Germaniya qayta birlaşuvi davrida Web 1.0 davri statik veb-sahifalar orqali diniy axborotning raqamli maydonga kirişini boşladi. 2000-yillar örtalaridan esa internet tarmoqlarining kengayişi bilan foydalanuvçilar iştiroki, ijtimoiy tarmoqlar va şarhlar mexanizmi mavzular repertuarini köpaytirdi.
Abduraimova Şahzoda Abdulatip qizi
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi
“Dinşunoslik va jahon dinlarini qiyosiy örganiş UNESKO” kafedrasi
tadqiqotçisi
[1] Oliver Kruger. The Logic of Mediatization theory in Religion: A critical consideration of a new paradigm. – Marburg: Marburg journal of Religion, 2018. – Р. 4-5.
[2] Garcia, M. Power Dynamics and Media Control in Pre-Modern Societies. Journal of Historical Communication, 2017. 29(2).- P.115-130.
[3] Martinez, F., & Silva, R. Consumer Culture and Advertising Influence on Media Content Post-WWII. Media and Society Review, 2019. P- 80-102.

