Rasmiy diniy veb-saytlardagi mediakontentning mutaassiblikka qarşi kuraşda tutgan örni
Diniy yönalişdagi veb-saytlarni mazmuni, texnik infratuzilmasi va interaktiv, muloqot funksiyalariga köra ikki turga ajratiş mumkin: davlat yoki rasmiy diniy taşkilotlarga tegişli rasmiy institutsional veb-saytlar hamda fanlar nuqtayi nazaridan tahliliy video çiqişlar joylaştiriladigan ilmiy-ma’rifiy veb-saytlar. Özbekistonda muslim.uz, islom.uz, moturidiy.uz, iiau.uz kabilar ularga misol böla oladi. Özbekistonda e’tiqod qiluvçilar soni jihatidan musulmonlar köpçilikni taşkil qilganligi sababli ham, islom bilan boğliq veb-saytlar mos ravişda boşqa konfessiyalardan köproqni taşkil qiladi. Özbekiston musulmonlar idorasining rasmiy muslim.uz portali, ayollar masalalarini özida jamlagan muslimaat.uz hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining rasmiy sahifasi hisoblangan moturidiy.uz veb-saytlaridagi mediakontent mutaassiblikka qarşi kuraşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muslim.uz mediakontentining son va sifati ortib borgani sayin, uning foydalanuvçilari ham yildan-yilga ortib bordi. Bu holat ayniqsa 2020-yillarda közga taşlandi. Statistik tahlilga köra, 2019-yil dekabr oyida sayt foydalanuvçilari örtaça 4 mingdan ortiq bölgan bölsa, 2020-yil aprel oyiga kelib, kunlik örtaça körsatkiç 7,5 barobarga oşgan (29 956 foydalanuvçi, 1-ilova). Kontentlar körsatkiçiga ta’sir körsatgan taşqi omil koronavirus pandemiyasining internetdagi jarayonlarga ta’siri bölsa, ikkinçisi diniy-ma’rifiy soha vakillarining har taraflama malaka oşirganliklari böldi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonining ijrosini ta’minlaş maqsadida Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oşiriş markazi va “Ziyo” media markazini taşkil etiş hamda ularning faoliyatini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisidagi Vazirlar mahkamasining 25-son qarori tasdiqlandi. Qarorga muvofiq Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi huzurida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari mintaqaviy filiallariga ega bölgan muassasa şaklidagi Malaka oşiriş markazi taşkil etildi. Qolaversa, “Ziyo” media markazi mamlakatimizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga boy diniy-ilmiy merosini keng tarğib qiluvçi, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatçilikka yetkazuvçi muassasa şaklidagi asosiy media tuzilma sifatida şakllantirildi. Unga köra, diniy soha xodimlari, şuningdek, mazkur sohada faoliyat yurituvçi davlat va nodavlat notijorat taşkilotlari xodimlari, oliy, örta maxsus, umumiy örta ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari qayta tayyorgarlikdan ötadi va malaka oşiradi.
Abduraimova Şahzoda Abdulatip qizi
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi
“Dinşunoslik va jahon dinlarini qiyosiy örganiş UNESKO” kafedrasi
tadqiqotçisi

