Salomatlik — inson hayotidagi eng uluğ ne’matlardan biri. Negaki, uning bilim olişi, mehnat qilişi, oilasi va jamiyatiga naf keltirişi, ezgu maqsadlarini röyobga çiqarişi uçun unga kuç-quvvat va soğlom vujud zarur.
Islom ta’limoti ham inson salomatligiga munosabatda befarq emas. Qur’oni karim oyatlari va hadisi şariflarda insonning öz vujudi, hayoti va kundalik odatlariga mas’uliyat bilan yondaşişi, pok va halol narsalardan foydalanişi, öziga zarar yetkazuvçi işlardan saqlanişi kabi tamoyillar ilgari suriladi.
Bu qaraşlar soğlom turmuş tarzini faqat kasalliklarning oldini oliş vositasi sifatida emas, balki insonning öziga berilgan ne’matlarga bölgan munosabati sifatida ham namoyon etadi. Ya’ni soğlom yaşaş — insonning öz hayotiday uluğ omonatga mas’uliyat bilan qaraşi, imkoniyatlardan oqilona foydalanişi va öz vujudini qadrlaşi demak.
Salomatlik — uluğ ne’mat
Qur’oni karimning “At-Tin” surasi, 4-oyatida: “Biz insonni eng gözal qiyofada yaratdik”, deya marhamat qilinadi. Uşbu oyat insonning yaratilişidagi uluğlik va uning zimmasidagi mas’uliyatni anglaş uçun muhim manbalardan biridir. Inson öziga berilgan imkoniyatlarni qadrlaşi, vujudiga zarar yetkazuvçi odatlardan tiyilişi lozim.
Şu nuqtayi nazardan, soğlom turmuş tarzi insonning kundalik hayotidagi kiçik tanlovlardan boşlanadi. Nima iste’mol qilamiz? Kun tartibimiz qanday? Jismoniy faollikka vaqt ajratamizmi? Dam oliş va uyquga yetarliça e’tibor beramizmi? Soğliğimizga zarar yetkazişi mumkin bölgan odatlardan özimizni tiyayapmizmi? Xullas, omonat jonga munosabatda qançalik mas’uliyatlimiz? Ana şu savollarga beriladigan javob insonning öz salomatligiga yondaşuvini körsatadi.
Salomatlikni asraş bir martalik harakat emas. U kundalik intizomni, me’yor va ongli yondaşuvni talab qiladi. Zero, insonning bugungi odatlari uning ertangi holatiga bevosita ta’sir körsatadi. Şu bois soğlom turmuş tarzini keyinga qoldirmasdan, uni hayotning odatiy qoidalaridan biriga aylantiriş muhim.
Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Ikki ne’mat borki, odamlar ularning qadriga yetmaydi: soğlik va böş vaqt”, deganlar.
Bu hadisi şarif inson e’tiborini ikki katta boylikka — salomatlik va vaqtga qaratadi. Har ikkisi ham inson ixtiyoridagi, biroq doimiy bölmagan ne’matlardir. Vaqtni boy bergan inson uni ortga qaytara olmagani kabi, salomatlikka yetkazilgan ayrim zararlarni ham avvalgidek holatga keltiriş oson emas. Demak, mavjud imkoniyatning qadriga yetiş, undan oqilona foydalaniş va uni asraş insonning kundalik hayotidagi muhim vazifalardan biridir.
Halol va me’yoriy ovqatlaniş — soğlom hayotning muhim asosi
Inson salomatligi haqida gap ketganda, avvalo, uning kundalik dasturxoniga nazar taşlanişi lozim. Çunki oziqlaniş inson hayotining ajralmas qismi bölib, bu madaniyat uning umumiy hayot tarzida muhim örin egallaydi.
Islom ta’limotida taom masalasiga faqat qorin töydiriş nuqtayi nazaridan qaralmaydi. Uning halolligi, pokligi va me’yorida iste’mol qilinişi ham e’tiborga olinadi. Qur’oni karimning “Baqara” surasi, 168-oyatida: “Ey insonlar! Yer yuzidagi halol va pok narsalardan yenglar”, deyiladi.
Mazkur körsatma insonni oziq-ovqat tanlaşda e’tiborli bölişga undaydi. Ya’ni dasturxonga tortilayotgan taomning mavjudligi bilangina kifoyalanib qolmasdan, uning halol-pokligiga ham ahamiyat beriş zarur. Bu esa ovqatlaniş madaniyatini insonning ma’naviy hayoti bilan ham boğlaydi.
Bundan taşqari töğri taomlanişda me’yor ham katta ahamiyat kasb etadi. Zero, soğlom ovqatlaniş faqat ayrim mahsulotlardan voz keçiş degani emas. Eng avvalo, me’yorni biliş zarur. Çunki foydali taom ham me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, inson organizmiga ortiqça yuk bölişi mumkin. Şuning uçun taomlanişdagi tartib, miqdor va me’yor masalasiga e’tibor beriş soğlom hayotning muhim şartlaridan biridir.
Hadisi şarifda insonning qornini töldirib yubormasdan, me’yorida ovqatlanişi haqida tavsiya berilib, qorin uç qismga — taom, suv va nafas uçun ajratilişi bayon qilinadi.
Bu ögitda ovqatlanişning öziga xos madaniyati mujassam. Inson dasturxon oldida öz nafsini çeklay bilişi, ortiqça iste’moldan tiyilişi va me’yorni saqlaşi kerak. Bunday yondaşuv nafaqat jismoniy salomatlik, balki insonning özini boşqara oliş qobiliyati, toqati kuçi bilan ham boğliq.
Ayniqsa, farzand tarbiyasida bu jihat muhim. Bola ota-onasining ovqatlaniş odatlarini kuzatib ulğayadi. Oilada me’yorli taomlaniş, foydali mahsulotlarga e’tibor, ortiqça isrofdan tiyiliş kabi qadriyatlar şakllansa, bu könikmalar bolaning keyingi hayotida ham davom etişi mumkin.
Şu ma’noda soğlom ovqatlaniş şaxsiy odat bilan çeklanmay, oilaviy madaniyatga aylangandagina yanada barqaror natija beradi.
Me’yor — soğlom hayotning muhim tamoyili
Islom ta’limotida umuman me’yor tuşunçasi alohida ahamiyatga ega. Ovqatlanişda ham aynan şu tamoyil muhim örin tutadi. Inson öz ehtiyojini anglab, unga yaraşa iste’mol qilişi, ortiqça narsalardan tiyilişi lozim.
Bu borada bugungi kunda keng tarqalgan “soğlom ovqatlaniş” tuşunçasi bilan diniy manbalardagi me’yor va ehtiyotkorlik haqidagi tavsiyalar örtasida mazmuniy muştaraklikni köriş mumkin. Şu bois soğlom ovqatlanişni şunçaki zamonaviy tavsiya sifatida emas, insonning öziga berilgan ne’matni qadrlaş va unga mas’uliyat bilan munosabatda bölişning amaliy körinişi sifatida qaraş mumkin.
Harakat — hayot faoliyatining tabiiy ehtiyoji
Soğlom ovqatlaniş inson organizmiga zarur bölgan quvvatni ta’minlasa, jismoniy harakat ana şu imkoniyatdan töğri foydalanişga xizmat qiladi. Şu bois soğlom turmuş tarzini faqat dasturxondagi tanlovlar bilan çeklab bölmaydi. Kundalik hayotda yetarli darajada harakat qiliş, badantarbiya bilan şuğullaniş va jismoniy faollikni odatga aylantiriş ham uning muhim tarkibiy qismidir.
Inson tabiatan harakatçan qilib yaratilgan. Biroq bugungi texnologik taraqqiyot va qulayliklarning köpayişi kundalik jismoniy faollikning kamayişiga olib kelişi mumkin. Uzoq vaqt ötirib işlaş, transportdan ortiqça foydalaniş, böş vaqtni asosan ekran qarşisida ötkaziş kabi odatlar insonning kundalik harakat miqdorini sezilarli darajada qisqartiradi. Şuning uçun zamonaviy şaroitda jismoniy faollikni alohida ravişda rejalaştiriş ehtiyoji yuzaga kelmoqda.
Islom manbalarida ham jismoniy çiniqiş va faol hayot tarziga e’tibor berilgan. Xususan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuguriş, kamondan öq otiş, suziş va kuraş kabi maşğulotlarga ahamiyat berganlari ta’kidlanadi.
Bu misollarning ahamiyati şundaki, jismoniy barkamollik inson hayotining ma’naviy jihatlaridan ayri holda tasavvur qilinmaydi. Kuçli va çiniqqan tana insonning kundalik yumuşlarini bajarişi, oilasiga ğamxörlik qilişi, ilm olişi, mehnat qilişi va jamiyat hayotida faol iştirok etişi uçun imkoniyat yaratadi. Şu sabab sportni faqat professional darajadagi maşğulot sifatida tuşuniş töğri emas.
Oilada birgalikdagi faollik — soğlom muhit omili
Jismoniy faollikning yana bir muhim jihati — uning insonlar örtasidagi munosabatlarga ham ijobiy ta’sir körsatişi mumkinligidir. Ayniqsa, oilada birgalikda sayr qiliş, sport bilan şuğullaniş yoki faol hordiq çiqariş nafaqat vaqtni mazmunli ötkaziş, balki oila a’zolari örtasidagi yaqinlik, mehrni mustahkamlaşga ham xizmat qiladi.
Bu borada Oişa onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadis e’tiborga molik. U zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan yugurişda musobaqalaşganlari, dastlab özib ketganlari, keyinçalik esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam özib ketib, “haligi bilan biru bir”, deganlari rivoyat qilinadi.
Mazkur rivoyat oilaviy munosabatlarda özaro hurmat, samimiylik va birgalikdagi faol maşğulotlarning örni haqida ham öylaşga undaydi. Çunki oila faqat umumiy rözğor va majburiyatlar birligi emas, balki birgalikda vaqt ötkaziş, bir-birini qöllab-quvvatlaş va yaxşi odatlarni qaror toptiriş makonidir. Şu nuqtayi nazardan, soğlom hayot tarzini oilaning kundalik hayotiga singdiriş yanada samarali bölişi mumkin. Ota-ona öz xulqi bilan namuna körsatsa, farzand ham jismoniy faollikni tabiiy hayot tarzi sifatida qabul qiladi.
Soğlom avlod — töğri tarbiyadan boşlanadi
Insonning soğlom hayotga munosabati asosan bolalik davrida şakllanadi. Şu sabab jismoniy tarbiya masalasini faqat katta yoşdagi insonlarning odatlari bilan boğlaş töğri emas. Farzandning harakatga munosabati, böş vaqtni qanday ötkazişi, sportga qiziqişi va öz salomatligini qadrlaşi ham tarbiya jarayonining bir qismidir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning farzandlarni suziş, otiş va ot minişga örgatişga tarğib qilganlari haqida rivoyatlar keltirilgan. Bugungi şaroitda uşbu mazmunni bolalarni turli sport turlariga jalb etiş, ularning harakatga bölgan ehtiyojini qöllab-quvvatlaş, böş vaqtini mazmunli taşkil etiş orqali davom ettiriş mumkin.
Uyqu va dam oliş — kun tartibining muhim böğini
Faol kunning özi yetarli emas. Organizmga tiklaniş uçun vaqt ham kerak. Şu sabab soğlom turmuş tarzida mehnat va dam oliş örtasidagi muvozanat alohida ahamiyat kasb etadi.
Qur’oni karimning “An-Naba’” surasi, 9-oyatida: “Uyqungizni dam oliş vositasi qildik”, deya marhamat qilinadi. Uyquni şunçaki kunning böş qismi sifatida qabul qiliş emas, balki insonning keyingi faoliyati uçun zarur bölgan tiklaniş jarayoni sifatida anglaş muhim. Yetarli dam olmagan insonning kundalik faoliyatida diqqat, kayfiyat va iş unumdorligi bilan boğliq qiyinçiliklar yuzaga kelişi mumkin.
Ayniqsa, bugungi tezkor hayot şaroitida kun tartibini töğri taşkil etiş dolzarb masalalardan biridir. Iş, öqiş, oilaviy vazifalar va dam oliş örtasidagi muvozanat buzilsa, insonning umumiy hayot sifati ham bundan ta’sirlanadi. Demak, soğlom kun tartibi — faoliyat va hordiqning oqilona uyğunligi.
Ruhiy xotirjamlik — salomatlikning ma’naviy qirrasi
Salomatlik haqida gap ketganda insonning ruhiy holatini ham unutmaslik kerak. Çunki inson faqat jismdan iborat emas. Doimiy xavotir, asabiylik, ortiqça taşviş va ruhiy zöriqiş insonning hayot tarzini izdan çiqarişi mumkin. Şu sabab inson öz ruhiy muvozanatini saqlaşga ham e’tibor qaratişi zarur.
Islom ta’limotida bunday holatlarda sabr, tavakkul va Allohga suyaniş tuşunçalariga alohida ahamiyat beriladi. Mutaxassislar ham insonning ortiqça asabiylikdan xalos bölişi, sokin muhitda dam olişi va hayotga ijobiy nazar bilan qaraşi tavsiya etadi.
Qur’oni karimning “Aş-Şarh” surasi, 6-oyatidagi “Albatta, qiyinçilik bilan birga yengillik bor” mazmunidagi oyat insonni muşkul vaziyatlarda umidsizlikka tuşmaslikka undaydigan ma’naviy tayanç sifatida namoyon böladi. Bu yondaşuv insonni muammolardan butunlay xoli hayotga emas, balki qiyinçiliklarga bardoş bilan munosabatda bölişga çorlaydi. Ruhiy xotirjamlik ham ana şunday içki barqarorlik, sabr va umid bilan çambarças boğliq.
Zararli odatlardan voz keçiş — öziga mas’uliyatli munosabat
Soğlom turmuş tarzini şakllantirişda foydali odatlarni köpaytiriş bilan bir qatorda, inson hayotiga salbiy ta’sir körsatadigan odatlardan voz keçiş ham muhim.
Islom ta’limotida insonning öziga zarar yetkazuvçi yöllardan uzoq bölişi masalasiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Ayniqsa, yoşlar tarbiyasida bu masala muhim. Farzandga zararli odatning oqibatini faqat taqiqlar orqali tuşuntirişdan köra, uning soğlom hayot, sport, bilim, mehnat va mazmunli maşğulotlarga qiziqişini qöllab-quvvatlaş ijobiy muhit yaratişga yordam beradi. Va bu muntazamlikni talab etadi. Zero, soğlom turmuş tarzi maxsus bir kun yoki ma’lum bir muddat amal qilinadigan tartib emas. U kundalik odatlarning yiğindisidan tarkib topadi.
Kun davomida qança harakat qiliş, qanday oziq-ovqatni tanlaş, dam olişga vaqt ajratiş, ruhiy zöriqişni qanday yengiş, zararli odatlarga munosabat bildiriş — bularning barçasi insonning öz hayoti uçun mas’uliyatini namoyon etadi.
Islom ta’limotining bu boradagi yondaşuvi ham insonni öziga berilgan ne’matlarni qadrlaş, me’yorni saqlaş va zararli narsalardan tiyilişga undaydi. Soğliqni asraş şu ma’noda nafaqat jismoniy ehtiyoj, balki mas’uliyatli hayot keçiriş madaniyatining bir körinişidir.
Salomatlikni asraş — kelajakka ğamxörlik
Insonning öz salomatligiga e’tiborli bölişi aslida faqat buguni emas, balki kelajagini ham belgilaydi. Soğlom odatlar vaqt ötişi bilan insonning kundalik faoliyatiga singib, uning hayot sifatiga ta’sir körsatadi.
Bundan taşqari, öz salomatligiga mas’uliyatli munosabat oilaning boşqa a’zolariga, ayniqsa, farzandlarga ham ta’sir etadi. Bugun şakllantirilgan yaxşi odat ertaga keyingi avlod uçun hayotiy tajriba, zaruratga aylanişi mumkin.
Şuning uçun soğlom turmuş tarzini tarğib qilişni faqat alohida bir yönaliş doirasida emas, balki jismoniy tarbiya, ma’naviy kamolot, oilaviy tarbiya va ijtimoiy mas’uliyat bilan boğliq yaxlit jarayon sifatida köriş maqsadga muvofiq.
Soğlom hayot — ezgu maqsadlar sari yöl
Inson uçun berilgan umr — qaytarib bölmaydigan imkoniyat. Uni qanday ötkaziş esa köp jihatdan kundalik tanlovlarimizga boğliq. Soğlom ovqatlaniş, yetarli harakat, vaqtida dam oliş, ruhiy muvozanatni saqlaş, zararli odatlardan tiyiliş va oilada yaxşi muhit yaratiş — bularning har biri mazmunli hayotning alohida böğini.
Islom ta’limoti insonni hayotning turli jabhalarida me’yorni saqlaşga, ne’matlarni qadrlaşga va öziga hamda boşqalarga zarar yetkazmaslikka çorlaydi. Zero, soğlom tana faol hayot uçun imkon bersa, xotirjam ruh ezgu maqsadlar sari dadil qadam taşlaşga kuç ato etadi. Ana şu ikki jihat uyğunligi inson hayotini mazmunli, samarali va barakali etuvçi muhim omillardandir.
Ma’ruf Toşbekov,
“Ziyo” media markazi katta muharriri

