MAHMUD  ZAMAXSHARIY ASARLARINING YOSHLARNI MILLIY VA DINIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHDAGI O‘RNI

MAHMUD ZAMAXSHARIY ASARLARINING YOSHLARNI MILLIY VA DINIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHDAGI O‘RNI

Ulashish
TelegramFacebookX

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik

Islom tarixi va manbashunosligi

IRCICA kafedrasi 3- kurs tayanch

doktoranti F. Abzalova

 MAHMUD  ZAMAXSHARIY ASARLARINING YOSHLARNI MILLIY VA DINIY QADRIYATLARGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHDAGI O‘RNI

Zamaxshariy o‘z davrining zabardast olimlaridan biri bo‘lib, fanning turli sohalariga oid ko‘plab asarlar yaratgan. Lekin ularning barcahisi ham bizgacha yetib kelmagan.  Allomaning  asarlari soni manbalarda turlicha keltiriladi. Nemis sharqshunos olimi K. Brokkelman o‘zining “Arab adabiyoti tarixi” nomli asarida Mahmud Zamaxshariyning 31 ta asari haqida ma’lumot bergan bo‘lsa", U. Uvatov “Nozik iboralar” nomli kitobida allomaning 50 ta asariga oid ma’lumot bergan". Zamaxshariy asarlarini tahlil qilgan S. Saidjalolov Mahmud Zamaxshariy 91 ta asarga mualliflik qilgan deb ma’lumot beradi.

Zamaxshariyning asosan “Аtvoqu-z-zahab fi-l-mavoiz va-l-xutab” (“Vaʼz va xutbalarda oltin shodalar”), “Rabiʼu-l-abror va nusus-u-l-axyor” (“Taqvodorlar bahori va fozillar axbori”), “Maqomotu-z-Zamaxshariy”(“Mahmud Zamaxshariy maqomlari”), “Navobigʼu-l-kalim” (“Nozik iboralar”), “Nasoixu-l-kibar” (“Ulugʼlarga nasihat”), “Nasoihu-s-sigʼar” (“Kichiklarga nasihat”) kabi asarlarida  axloqiy dunyoqarashi va axloqqa doir fikrlari yoritilgan. Alloma  botiniy (ichki) go‘zallik – asosiy, belgilovchi, ilohiy narsa deb hisoblaydi.  Zohiriy (tashqi, yuzaki) go‘zallik esa ikkinchi darajali bo‘lib vaqt o‘tishi bilan u yo‘qoladi, lekin ichki go‘zallik esa hech qachon insonni tark etmaydi. Shuning uchun ham inson ichki dunyosini axloqiy fazilatlarni kasb etish orqali boyitib, go‘zallashtirib borishi kerak deb ta’kidlaydi. Shuningdek, alloma o‘z asarlarida ilmning fazilati, olimlar va ularning darajalarini madh etib ilm olishga targ‘ib etadi

Mahmud Zamaxshariy asarlari yosh avlod qalbida milliy va diniy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdiruvchi bebaho ma’naviy manbadir. Uning “Kashshof” va “Nukatu-l-e‘rob kabi asarlari Qur’on ma’nolarini nozik va ta’sirchan tarzda ochib berib, yoshlarni chuqur tafakkurga chorlaydi. Bu asarlar orqali nafaqat ilmiy bilim, balki qalbiy poklik va iymon mustahkamlanadi. Zamaxshariy o‘z merosida halollik, adolat va komil inson fazilatlarini yuksak badiiy va ilmiy uslubda targ‘ib etadi. Allomaning har bir fikri yoshlarni ilmga do‘st, haqiqatga sodiq bo‘lishga undaydi. Til va tafsirga oid qarashlari esa milliy o‘zlikni anglashni yanada teranlashtiradi. Bu meros yoshlar ongida ajdodlarga hurmat va ulug‘vor tarixga daxldorlik tuyg‘usini uyg‘otadi. Zamaxshariy asarlari orqali sharqona tafakkur va ilmiy merosning yuksakligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular yoshlarni diniy va dunyoviy bilimni uyg‘un egallashga ruhlantiradi.

Natijada, bu ulkan meros ma’naviy barkamol, e’tiqodi mustahkam va qadriyatlarga sodiq avlodni shakllantirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

 

Keyingi materialYOSHLARNING MA’NAVIY YUKSALISHIDA “NUKAT UL-E’ROB” ASARINING O‘RNI