TANQIDIY FIKRLAŞ – DINIY MUTAASSIBLIKKA QARŞI RUHIY IMMUNITET
Bugungi kunda axborot oqimi tezlaşgan, turli ğoyalar inson ongiga osongina yetib boradigan davrda şaxsni buzğunçi oqimlar ta’siridan asraydigan eng işonçli içki himoya vositalaridan biri – soğlom, tanqidiy fikrlaş qobiliyatidir. Diniy mutaassib guruhlar ta’siriga berilgan şaxslarning psixologik xususiyatlarini örganiş şuni körsatdiki, mutaassiblik avvalo fikrning emas, balki fikrlaş tarzining buzilişi natijasida yuzaga keladi.
Psixologik tadqiqotlar diniy mutaassiblikning muhim belgisi sifatida tafakkurdagi rigidlik, ya’ni biror ğoyaga heç qanday tahlilsiz, kör-körona berilişni körsatadi. Mutaassib şaxs unga yönaltirilgan har qanday axborotni mustaqil baholamaydi, balki uni mulohazasiz qabul qiladi. Buning aksiça, öziga nisbatan tanqidiy munosabatda böla oladigan, öz fikri va e’tiqodini dalil asosida tekşirib köradigan inson mutaassiblikka berilmaydi. Sababi, bunday şaxs avvalo özining mustaqil nuqtayi nazariga ega böladi va özgalar singdirmoqçi bölgan ğoyani aql tarozisida ölçaydi.
Aynan şu sababli buzğunçi oqimlar öz izdoşlarida tanqidiy fikrlaşni söndirişga, ularning muloqot va munosabat doirasini faqat öz guruhi bilan çeklaşga, böş vaqt qoldirmaslikka harakat qiladi. Ular “maqsad vositani oqlaydi” degan tamoyilni, “biz – haq, ular – nohaq” qabilidagi qarama-qarşi tafakkurni singdiradi va muqaddas matnlarni öz manfaatlariga moslab talqin qiladi. Bularning barçasi insonni mustaqil muşohadadan mahrum etişga qaratilgan.
Islom ta’limoti esa insonni aql yuritişga, muşohada va tafakkurga undaydi. Alloh taolo Qur’oni karimda: “Bilganlar bilan bilmaganlar teng bölurmi?” (“Zumar” surasi, 9-oyat), deya marhamat qiladi. Boşqa bir oyatda ota-bobolarining yöliga aqlsiz (heç bir fikr yuritmasdan, aql tarozisiga solib körmasdan) ergaşuvçilar qoralanadi: “Ularga: “Alloh nozil qilgan narsaga ergaşinglar”, deyilsa, ular: “Yöq, biz ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan bölsak, öşanga ergaşamiz”, deydilar. Agar ota-bobolari heç narsani aql bilan anglamagan va hidoyat topmagan bölsalar ham-a?!” (“Baqara” surasi, 170-oyat).
Mazkur oyatlar ilmsiz va tahlilsiz ergaşuv emas, balki bilim hamda muşohadaga asoslangan e’tiqodni tarğib qiladi. Şu bois ilm-ma’rifatni egallaş, masala yuzasidan biror hukm çiqariş faqat mukammal bilim sohibi bölgan mujtahid darajasidagi olimlar vakolatiga kirişi qadimdan ta’kidlangan. Ya’ni har bir kişi öziça “mustaqil hukm çiqaruvçi” bölib olişi mumkin emas. Albatta, bu ham ilm, ham mas’uliyat talab qiladigan iş sanaladi.
Xulosa qilib aytganda, mutaassiblikka qarşi turişning eng samarali psixologik vositasi – yoşlarda mustaqil va tanqidiy fikrlaş, ilmga tayaniş hamda özini ham, eşitgan har qanday ğoyani ham aql tarozisida ölçaş könikmasini şakllantirişdir. Soğlom tafakkur va çuqur bilim insonni har qanday buzğunçi/radikal ta’sirdan asraydigan mustahkam ruhiy immunitet bölib xizmat qiladi.
Qaxxorov Sarvarbek Sayfiddinoviç
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi
“Din psixologiyasi va pedagogikasi” kafedrasi tadqiqotçisi

