Diniy mutaassiblik — e'tiqod emas, psixologik muvozanatning buzilişi

Diniy mutaassiblik — e'tiqod emas, psixologik muvozanatning buzilişi

Ulaşiş
TelegramFacebookX

DINIY MUTAASSIBLIK — E’TIQOD EMAS, PSIXOLOGIK MUVOZANATNING BUZILIŞI

Din insonni ezgulik va rahm-şafqatga, mas’uliyat hamda mötadillikka çorlaydi. Diniy mutaassiblik esa e’tiqodning kuçliligi emas, balki bir qaraşga kör-körona yopişib oliş, boşqa fikrlarni mutlaqo inkor etiş va öz nuqtayi nazarini yagona haqiqat, deb qabul qiliş holatidir. Bunday vaziyatda diniy tuyğu insonning tafakkuri, axloqi va jamiyat bilan soğlom munosabatini mustahkamlaş örniga, uning fikrlaş doirasini toraytirib qöyişi mumkin.

Diniy mutaassib guruh ta’siriga berilgan şaxslarning psixologik xususiyatlari böyiça ötkazilgan tadqiqotlar şuni körsatadiki, mutaassiblikka moyillikni faqat bitta temperament, yoş yoki jins bilan izohlab bölmaydi. Har bir insonning diniy e’tiqodi va diniy amallarni bajarişi individual xususiyatga ega. Şu sababli “falon xarakterdagi odam albatta mutaassib böladi”, degan hukm ilmiy jihatdan notöğridir. Biroq hissiy qözğaluvçanlik, öziga past yoki haddan taşqari yuqori baho beriş, mustaqil qaror qabul qilişdagi qiyinçilik, kuçli rahnamoga tobelik va “biz haqmiz, boşqalar adaşgan” tarzidagi keskin fikrlaş xavfini oşirişi mumkin.

Ötkazilgan tadqiqotlar natijasida özini nazorat qiliş darajasi oşgani sari hissiy qözğaluvçanlik pasayişi aniqlangan. Demak, insonning ğazab, qörquv yoki hayajon ta’sirida darhol hukm çiqarmasligi, eşitgan ma’lumotini tekşirişi va oqibatini öylaşi muhim ruhiy himoya hisoblanadi. Öziga soğlom işonç, ijtimoiy dadillik, mas’uliyat, sabr-toqat va ziyraklik ham şaxsning mustaqil fikrlaşiga yordam beradi.

Qur’oni karimda – “Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga oğir bölişini istamaydi” (“Baqara” surasi, 185-oyat), deb marhamat qilingan. Bu oyat dinni insonni ruhiy bosim, adovat va murosasizlikka olib boruvçi vosita sifatida emas, balki hayotiga ma’no, tartib va yengillik olib kiruvçi hidoyat sifatida anglaş zarurligini körsatadi.

Xulosa qilib aytganda, mutaassiblikning mezoni ibodatning köpligi emas, balki insonning boşqa fikrlarga nisbatan murosasizligi, hissiyotini boşqara olmasligi va guruh yoki yetakçiga kör-körona böysunişidir. Soğlom e’tiqod esa ilm, tafakkur, mehr, mas’uliyat va özini nazorat qiliş bilan uyğunlaşadi.

 

Qaxxorov Sarvarbek Sayfiddinoviç

Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi

“Din psixologiyasi va pedagogikasi” kafedrasi tadqiqotçisi

Oldingi materialYot ğoyalarga qarşi psixologik immunitet: ilm, tanqidiy fikrlaş va soğlom e'tiqodKeyingi material"Tanqidiy fikrlaş – diniy mutaassiblikka qarşi ruhiy immunitet"