QUR’ONDAGI TUŞUNIŞ QIYIN BÖLGAN SÖZLARNING TÖĞRI TALQINI

QUR’ONDAGI TUŞUNIŞ QIYIN BÖLGAN SÖZLARNING TÖĞRI TALQINI

Ulaşiş
TelegramFacebookX

Köplab adaşgan firqalarning kelib çiqişiga sabab bölgan asosiy omillardan biri, şubhasiz, mutaşabih, ya’ni tuşuniş qiyin bölgan oyatlarni çuqur ilm va usul qoidalariga tayanmay, notöğri ta’vil qilganidir. Ahli sunna val jamoa vakillari esa bu borada ehtiyotkorlik bilan, zamon taqozosiga köra yöl tutganlar. Mutaşabih oyatlarni ta’vil qiliş zarurati paydo bölmagunça ularni ta’vil qilmagan va boşqalarni ham şunga tarğib qilganlar. Keyinçalik turli toifalar asossiz ta’villarni musulmonlar içida tarğib qila boşlagaç, işonçli ilmga tayangan holda, mutaşabih oyatlarning töğri ta’vilini tuşuntiriş ehtiyoji paydo bölgan. Abu Mansur Moturidiy va Abul Hasan Aş’ariy singari mutakallim olimlar mazkur masalada jonbozlik körsatib, ahli sunna val jamoa aqidasini himoya qilganlar.

Moturidiylik aqidaviy maktabining vakili sifatida Abu Hafs Nasafiy “al-Akmalu-l-atval” asarida aqidaviy oyatlarni tafsir va ta’vil qilib, adaşgan toifalarga raddiyalar bergan. Masalan, “(Bu Qur’on) Sizga nozil qilingan kitobdir” (A’rof surasi, 2-oyat) mazmunidagi oyat tafsirida şunday yozgan: “(Botil sözni) aytuvçilar uşbu oyatni “Alloh taolo Arşning ustida” degan qaraşiga hujjat qilib, aytadilarki: “Arab tilidagi (“-dan” ma’nosini anglatuvçi) مِنْ kalimasi çegaraning boşlanişini, (“-ga” ma’nosini anglatuvçi) إِلَى kalimasi tugaşini ifodalaydi. (“tuşiş”, “pasayiş” ma’nolarini anglatuvçi) النزول kalimasi esa yuqoridan pastga köçiş ma’nosiga dalolat qiladi. Yuqori esa Arşdir”. Biroq, qat’iy dalillarga asoslangan töğri javob şuki, albatta, Alloh taolo tomon va makondan pokdir (U zot tomon va makonga muhtoj emas). Şuning uçun ham bu oyatni ta’vil qilişlik lozim böladi. Ya’ni, farişta (Jabroil) yuqoridan pastga tuşdi (degan ma’noda tuşiniş töğri böladi)”

Demak, Abu Hafs Nasafiy mutaşabih oyatlarni ta’vil qilar ekan, adaşgan toifalarga qarşi aqliy va naqliy dalillar keltirgan. Ularning Alloh taologa nisbatan makon va zamon isbot qilişi, U Zotni yaratilgan narsalarga öxşatişi va şu kabi e’tiqodlari botil ekanligini ta’kidlab, Yaratganning maxluqotlardan birortasiga öxşamasligi, vaqt, makon, jism singari har qanday nuqsonlardan pok ekanini bayon qilgan. Aynan şu qaraş ahli sunna val jamoa e’tiqodining asoslaridan hisoblanadi.

Yangiboyev Adhambek Esanoviç

“Islomşunoslik va islom sivilizatsiyasini

örganiş ICESCO” kafedrasi tadqiqotçisi

Oldingi materialMovarounnahr hanafiy fiqhi rivojida “Saloti Mas’udiy” asarining örniKeyingi material“AL-AKMALU-L-ATVAL” ASARIDA HADISLAR QUR’ON OYATLARINI TÖĞRI ANGLAŞ VOSITASI EKANI