MAHMUD  ZAMAXSHARIY ASARLARIDA ILMGA TARG‘IB

MAHMUD ZAMAXSHARIY ASARLARIDA ILMGA TARG‘IB

Ulashish
TelegramFacebookX

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik

Islom tarixi va manbashunosligi

IRCICA kafedrasi 3- kurs tayanch

doktoranti F. Abzalova

MAHMUD  ZAMAXSHARIY ASARLARIDA ILMGA TARG‘IB

“Ustozu-l-arab va-l-ajam” (“Arablar va g‘ayri arablar ustozi”), “Faxru Xovarazm” (“Xorazm faxri”) kabi sharafli nomlar bilan shuhrat qozongan Mahmud Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalarini, jumladan, arab tilining sarf-u nahvi, adabiyotshunoslik, aruz, lug‘atshunoslik, tilshunoslik, mantiq, diniy ilmlar, Qur’on tafsirini mukammal egallagan va mazkur ilm sohalarining deyarli barchasida qimmatli asarlar yaratgan.

 Alloma o‘z asarlarida ilmning fazilati, olimlar va ularning darajalarini madh etib ilm olishga targ‘ib qiladi. Mutafakkir ilmni “qalbning nodonlikdan forig‘ bo‘lishi, zakovatning chirog‘i, zulmatda nur, zaif badanda quvvatdir, ilm ila inson oliy darajadagi manziliga yetishadi”, deb ta’riflasa, ilm ahlini “Osmon-u falakning ziynati yulduzlar bo‘lganidek, zaminning ko‘rkamligi olimlardir” deb vasflaydi. Allomaning “Navobigu-l-kalim” asarida ham ilm va ilm egallash xususida ko‘plab fikrlar keltirilgan. “Ilmli bo‘l yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, biroq to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan (juvonmarg bo‘lasan)”. “Oltin shodalar” kitobida esa  mutafakkir ilmga amal qiluvchi odam uchun ilm quruvchi ustaning devor va ustunlarni tekis va to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlovchi ipi kabidir. Bunday ipi bo‘lmagan usta binoni qiyshiq qilib qurgandek, mezoni (o‘lchovi) yo‘q olim ham so‘zida adashadi deb ilmsizlik oqibatlarini bayon qiladi. Shuningdek, kim komil inson bo‘lishni istasa ham olim, ham omil (amal qiluvchi) bo‘lsin deb ta’kidlaydi.

Demak, ilm insonni jaholatdan ma’naviy yuksaklikka yetaklaydi. Ilm orqaligina inson to‘g‘ri yo‘lni tanlay oladi va jamiyatga kerakli shaxs bo‘lib shakllanadi. Har qanday taraqqiyotning asosida ham aynan ilm va bilim yotadi. Shuning uchun har bir inson ilm egallashga haris bo‘lishi lozim.

Oldingi materialYOSHLARNING MA’NAVIY YUKSALISHIDA “NUKAT UL-E’ROB” ASARINING O‘RNIKeyingi materialDOʻSTLIK VA QARDOSHLIK TIMSOLI