Mutaassiblik ofatlari

Mutaassiblik ofatlari

Yurtimizdagi xotirjamlik va barqarorlik tufayli xalqimiz barcha ibodatlarni emin-erkin qilmoqda. Xonadonlarda toʻy-u tomoshalar, bayram-u shodiyonalar boʻlmoqda. Bu neʼmatlarga chin maʼnoda shukrona qilish va ularning qadriga yetish kerak.

Din niqobidagi turli buzgʻunchi oqim va firqalar mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik, millatlar va dinlar oʻrtasidagi ahillikka raxna solish maqsadidan qaytgani yoʻq. Bu esa har birimizdan doimo xushyorlik va ogohlikni, yoshlar tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondoshishni, ularning diniy bilimi va savodxonligini tinmay oshirib borishni, shu yoʻl bilan jaholatga qarshi maʼrifatni qarshi qoʻyib, ular qalbini chetdan boʻlayotgan barcha hurujlardan qatʼiy himoya etishni talab etadi.