Johillikning davosi

Johillikning davosi

Jaholat va johillikning eng asosiy davosi kitob o‘qishdir. Zero, kitob insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Unga oshno kishi dunyo va oxirat sharifi bo‘lgan ilmni egallaydi.

Shukrki, yurtimizda barcha sohalarga oid bo‘lgan kitoblar va adabiyotlar kun sayin ortib bormoqda. Birgina diniy yo‘nalishda tafsir, Qur’oni karim ma’nolar tarjimasi, hadis, aqida va boshqa fanlarga oid ko‘plab kitoblar ona tilimizda nashr etilmoqda. Ularni mutolaa qilish kerak, xolos.

O‘tmishda ota-bobolarimiz Qur’on, hadislar bilan birgalikda “Xamsa”, “Boburnoma”, “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” singari badiiy adabiyotlar va xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘qib-aytib ulg‘ayishgan.