Vatan haqida gap ketganda, bu mavzu oddiy bir hudud yoki geografik tuşunça bilan çeklanmaydi. Vatan — insonning ildizi, kimligi, şa’ni va e’tiqodi bilan çambarças boğliq muqaddas tuşunça. U onaning bağri kabi iliq, ota nasihati kabi mas’uliyatli va farzand kelajagi kabi umidli manzildir. Ulamolarning “Vatanni sevmoq iymondandir” degan ta’kidi bejiz emasdir.
“Ziyo” media markazi “Yurtga muhabbat — payğambar meros xislat” mavzusida taşkil qilgan suhbat ana şu haqiqatni yana bir bor teran anglaşga undaydi. Suhbatdoş Toşkent şahridagi “Xöja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi Rahmonovning fikrlari vatanparvarlikni şior emas, hayot tarzi sifatida tuşunişga da’vat etadi. Mazkur maqola ana şu suhbat asosida tayyorlandi.
Vatan — ona kabi muqaddas ne’mat
Vatan ota-onaga qiyos qilinadi. Zero, onaning sut haqi kabi, Vatanning ham tuz haqi bor. Onasidan ayrilgan yetimning qalbi heç narsa bilan tölmaganidek, vatanidan uzoqda yurgan musofir ham çin xotirjamlikni faqat yurt tuproğiga qaytgandagina his qiladi.
Safarlarda, hatto haj va umra kabi uluğ ibodatlarda ham yurtdoşlarimizning: “Vatanimni soğindim”, deb közlariga yoş olişi Vatanning inson qalbidagi örnini yaqqol körsatadi. Demak, vatan muhabbati tabiiy va muqaddas tuyğudir.
Buyuk ulamolar hayotida vatan muhabbati
Tariximizdagi buyuk allomalar — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Marğinoniy, Imom Zamaxşariy kabi zotlar vatanparvarlikning tirik timsolidir. Ular ilm izlab dunyo kezgan bölsalar-da, heç qaçon öz yurtini unutmaganlar.
Imom Buxoriy qariyb qirq yil musofirlikda ilm talabida yurgaç, oxir-oqibat vatanga qaytib, yurt tuproğiga dafn etildi. Imom Zamaxşariy esa Ka’batullohga eng yaqin uyda yaşaş şarafiga muyassar böla turib, umrining oxirini vatanida ötkazişni afzal bildi. Bu holat vatanning naqadar muqaddas va almaştirib bölmas ne’mat ekaniga dalildir.
Musulmonning vatan oldidagi burçlari
Islom ta’limotida vatanparvarlik çuqur ma’naviy asosga ega. Musulmonning Vatan oldida bir neça muhim burçlari mavjud:
1. Yurt haqiga doimiy duo qiliş
Payğambarlar öz yurtlari uçun duo qilganlar. Ibrohim alayhissalom Makka uçun, Rasululloh sallallohu alayhi vasalam Madina uçun duo qilganlar. Mömin inson ham har kuni: “Parvardigor, yurtimni tinç qil!”, deb duo qilişi kerak.
2. Vatanparvar farzandlarni tarbiyalaş
Farzandga: “Sen nafaqat mening, balki şu vatanning ham farzandisan” degan tuşunçani singdiriş — ota-onaning muqaddas vazifasi. Ajdodlarimiz bilan faxrlaniş tuyğuni yoş qalbda aynan oila şakllantiradi.
3. Yurt obodligi uçun hissa qöşiş
Alişer Navoiy, jadid bobolarimiz — barçasi vatan ravnaqi yölida borini fido qilgan. Hatto Payğambarimiz sallallohu alayhi vasalamning: “Qölingizda köçat bölsa, qiyomat bölsa ham uni eking” degan hadisi ham yurtni obod qiliş naqadar uluğ amal ekanini körsatadi.
Ilm, mehnat va vatanparvarlik: zamonaviy saboqlar
Bugun vatanparvarlik faqat qölda qurol bilan emas, balki ilm, mehnat va fidoyilik bilan namoyon bölmoqda. Yaponiya va Janubiy Koreya bunga yaqqol dalildir. Tabiiy boyliklari bölmasa-da, ilmga, mehnatga va vatanga muhabbat sabab bu davlatlar dunyoning ilğor mamlakatlariga aylandi.
Çet elda tahsil olayotgan yoşlar masalasida esa asosiy mezon şunday:
Ilmni qayerda olmasin, xizmatni öz yurti uçun qiliş — haqiqiy vatanparvarlik.
Yoşlar qalbida vatan muhabbatini şakllantiriş yöllari
Yoş avlod qalbida vatanparvarlikni şakllantiriş ikki asosga tayanadi:
• Tarixni biliş — ajdodlarimiz kim bölganini anglagan yoş vatanini heç qaçon kamsitmaydi.
• Kattalarning namunasi — yoşlar vatanparvarlikni kitobdan emas, ota-onaning, ustozning, jamiyatning kundalik xatti-harakatlaridan örganadi.
Köçani toza tutiş, tabiatni asraş, jamoat mulkiga hurmat — bularning barçasi ham vatan muhabbatining amaliy körinişlaridandir.
Vatanparvarlik — bugunning eng zarur tuyğusi
Vatanparvarlik balandparvoz şior emas, balki kundalik mas’uliyatdir. U duo bilan boşlanadi, tarbiya bilan mustahkamlanadi va fidoyilik bilan kamol topadi. Yurt farzandlarining vatanga muhabbati sabab yurt obod böladi, degan Hazrati Umar (r.a.) hikmati bugun har qaçongidan ham dolzarb. Agar biz bugun farzandlarimizga vatanni sevişni, uni asraşni, unga xizmat qilişni örgata olsak, kelajagimiz mustahkam böladi. Çunki vatanini sevgan xalqni also yengib bölmaydi.
Suhbat materiallari asosida Ma’ruf Toşbekov tayyorladi

