Oçközlik bilan qulagan jamiyatlar
Jamiyatni qulatiş uçun uruş ham, oçarçilik ham şart emas.
Ba’zan bitta illat — ta’magirlik yetarli böladi. Nega ayrim jamiyatlarda işonç yöqoladi? Nega odamlar bir-biriga yordam berişdan köra, foyda izlaydi? Nega halol mehnat qadrsizlanib, “qanday bölsa ham topiş” ustun keladi? Bu savollarning markazida bitta muammo turibdi — oçközlik, ya’ni ta’magirlik.
Bugun u faqat alohida şaxsning axloqiy nuqsoni emas, balki jamiyat taraqqiyotini içidan yemirayotgan xavfli kasallikka aylanmoqda. Mazkur masalaga yeçim izlab muhokamaga kirişamiz.
Ta’magirlik nima va u qayerdan boşlanadi?
Ta’magirlik — bu Alloh bergan nasibaga qanoat qilmaslik, öz manfaatini boşqalarning haqi hisobidan qondiriş istagi. Dinimizda bu illat qat’iy qoralanadi. Çunki ta’magirlik qanoatni yöqotadi, şukrni öldiradi, halol bilan harom orasidagi çegarani buzadi. Inson “menga yetmayapti” degan fikr bilan yaşay boşlasa, oxir-oqibat “qanday yöl bilan bölsa ham topiş”ga ötadi. Ana şu yerda ta’magirlik ildiz otadi.
Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar: “Inson yozilgan rizqini töliq olmay turib bu dunyodan ketmaydi”. Bu hadisga amal qilmaslik jamiyatda köplab muammolarga sabab bölmoqda.
Ta’magirlikning bugungi körinişlari
Bugun ta’magirlik turli niqoblarda namoyon bölyapti. U faqat öğirlik yoki oçiq talonçilik emas. U: pora (rişvat), sudxörlik, mansabdan foydalanib foyda oliş, tilançilikni kasbga aylantiriş, odamlarning muhtojligidan foydalaniş kabi körinişlarda uçramoqda. Masalan, bir xizmatni bajariş uçun aslida majbur bölgan şaxs “hadya”, “rahmat”, “iltimos” degan nomlar bilan pul talab qilsa, bu oçiq ta’magirlikdir. Zotan, payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam pora beruvçi ham, oluvçi ham dözaxda bölişi haqida qattiq ogohlantirganlar.
Sudxörlik ham şunday. Muhtoj odam qarz sörab kelganda, uning ahvolidan foydalanib ortiqça foyda közlaş nafaqat ijtimoiy adolatsizlik, balki Allohga qarşi uruş deb baholanadigan oğir gunohdir.
Ta’magirlik jamiyatni qanday yemiradi?
Ta’magirlikning eng katta zarari — işonçni yöqotiş. Odamlar bir-biriga şubha bilan qaray boşlaydi. Yordam ham manfaat bilan ölçanadi. Natijada samimiyat qoçadi, adolat susayadi, mehnatkaşlar eziladi, jamiyat parokanda böladi. Bunday muhitda taraqqiyot bölmaydi. Çunki taraqqiyotning asosi — işonç, halollik va adolat. Ta’magirlik esa bu ustunlarni birma-bir qulatadi.
Ta’magirlik nega yöqolmayapti?
Bugun korrupsiyaga qarşi qonunlar, jazolar kuçaymoqda. Ammo savol tuğiladi: nega illat baribir yöqolmayapti? Çunki ta’magirlik faqat qonun bilan emas, tarbiya bilan ham yengiladi. Inson bolaligidan halol luqma, qanoat, şukr, beğaraz yordam ruhida tarbiyalanmasa, u kattaligida jazodan qörqib emas, foyda közlab yaşaydi.
Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Haromdan oziqlangan tana faqat dözaxga loyiqdir.” Bu ogohlantiriş insonni içki nazoratga, ya’ni vijdon va iymonga çaqiradi.
Yeçim qayerda? Tarbiya va iymonda
Ta’magirlikka qarşi eng kuçli qurol — halol tarbiya. Jamiyatni tozalaş har bir insonning özidan boşlanadi. Ota-ona farzandiga halol bilan yaşaşni, mehnatdan or qilmaslikni, birovning haqiga köz olaytirmaslikni örgatsa, kelajak özgaradi.
Qonun qörqitadi, lekin iymon töxtatadi. Şuning uçun ta’magirlikka qarşi kuraş oiladan, maktabdan, mahalladan, eng avvalo, inson qalbidan boşlanişi kerak.
Ta’magirlik — jamiyat tanasidagi xavfli yara. Uni yaşiriş mumkin, lekin davolanmasa, butun tanani işdan çiqaradi. Halollik, qanoat va iymon esa jamiyatni tiklaydigan asosiy ustunlardir. Agar biz jamiyat ravnaqini istasak, foydani emas vijdonni ustun qöyaylik, manfaatni emas adolatni tanlaylik, bugunni emas ertani öylaylik. Çunki halol jamiyatgina barqaror jamiyatdir. Ta’magirlikdan xoli jamiyat esa, haqiqiy taraqqiyot yölida sobit böladi.

