MANFAATPARASTLIK EPIDЕMIYAGA AYLANSA...

MANFAATPARASTLIK EPIDЕMIYAGA AYLANSA...

Ulashish
TelegramFacebookX

MANFAATPARASTLIK EPIDЕMIYAGA AYLANSA...

Voqea

Besh yil bir tashkilotda birga ishlagan sobiq hamkasbim bilan uchrashib qoldim. Oddiy hol-ahvol so‘rashib, o‘tgan-ketgandan gaplashib turdik. Suhbat aylanib xorijiy tajriba haqidagi gaplarga ulandi.

– Yaqinda xorijdagi axborot sohasida ishlayotgan markazlarning tajribasini o‘rganib, amaliyotga joriy qilishni boshladik, – dedim.

–  Zo‘r-ku,  –  dedi u.  –  Xo‘sh, bundan Sizga nima naf?

Bu savoldan kutilayotgan muddaoni yaxshi anglamay, ajablandim.

–  Maoshingiz oshadimi? Unvon olasizmi? Karera   qilasizm i?  – dedi suhbatdoshim luqmasiga aniqlik kiritib.

–  Unisini bilmayman,  –  dedim.  –  Lekin ishlar samarali bo‘lsa, ko‘pchilikka ham foyda beradi.

U yelka qisdi.

–  Qo‘ysangiz-chi… O‘rningizda bo‘lsam, hammasini tashlab biznesga ketardim. Zarilmi shuncha kuyi b-pishib?

Uning bu gapi  menga  menga chindan malol kel di. Suhbat tugab, yo‘limiz ayrilganidan keyin   esa birin-ketin qator savollarni qalashtirdi xayolimda:  Nega inson qilgan har bir ishida albatta shaxsiy manfaat izlashi kerak?

Nega umumiy foyda haqida o‘ylash bora-bora soddalik yoki “ahmoqlik”dek ko‘rila boshladi?

Nega fidoyilik emas, o‘zini o‘ylash aqllilik sifatida qabul qilinmoqda?

Bu savollar faqat menga emas, butun jamiyatga daxldor.

Jamiyatni ichidan yemiruvchi xatar

Nazarimda manfaatparastlar ko‘payib ketayotganday, go‘yo.

 Illoho unday bo‘lmasin. Chunki  j amiyatni tashqi dushmanlardan ko‘ra ko‘proq ichki illatlar zaiflashtiradi.   Ichki illatlar  shovqin-suronsiz, ko‘zga ko‘rinmay  uzluksiz ta’sir qiladi.  F aqat   o‘z  shaxsiy foydasini ustun qo‘yishga olib keladigan m anfaatparastlik   esa  ana shunday illatlarning  biri.

 Agar u ommaviy  tus olsa, jamiyat uchun bu oddiy muammo emas, balki epidemiyaga teng xavfni keltirib chiqaradi.  Negaki, m anfaatparastlikka mubtalo bo‘lgan lar  o‘z jamoasi, hamkasbi yoki xalq  manfaatni  o‘ylamaydi, faqat shaxsiy yutug‘ini ko‘zlaydi.  Undaylar  “myenga nima foyda?” degan savol bilan yashaydi. Bunday muhit  ildiz otgan jamiyatda   ishonch susayadi, adolat qadrsizlanadi, hamkorlik o‘rnini raqobatning  tajavuzkor  shakli egallaydi.

Albatta bu jarayon bir kunda yuz bermaydi. U kundalik hayotdagi mayda, lekin takrorlanuvchi holatlardan boshlanadi:   ananaviy  navbatlarni  buzishdan tortib, qoidalarni aylanib o‘tishgacha, va’daga amal qilmaslikdan tortib,   o‘z  lavozimidan  shaxsiy   manfaat yo‘lida  foydalanishgacha  bo‘lgan  holatlar ko‘paygani  sari  kishilarda “hamma shunday qiladi” degan fikr shakllanadi. Shu tariqa noinsoflik   kishilar orasida  me’yorga aylanadi.

Eng yomoni shundaki, m anfaatparastlik jamiyatning barcha qatlamlariga   birdek   ta’sir qiladi: davlat boshqaruvidan tortib oilaviy munosabatlargacha, ta’limdan tortib ma’naviyatgacha.   Oqibatda  bir zanjirning halqalari  kabi i shonch inqirozi  boshlanadi , korrupsiya  ildiz otaveradi , axloqiy qadriyatlar yemiriladi, ijtimoiy keskinlik  kuchayadi, yolg‘izlik va befarqlik  urchiydi.

Bora-bora manfaatparastlik o‘zini o‘zi kuchaytiruvchi jarayonga aylanib ketadi. Odamlar boshqalarga ishonmagani uchun faqat o‘zini o‘ylaydi, hamma o‘zini o‘ylagani uchun ishonch yanada kamayadi. Shu tariqa jamiyatdan  “savob” va  “yaxshilik” tushunchalari  yo‘qoladi.

 Aslida  jamiyatni boylik yoki kuch emas, balki o‘zaro ishonch, adolat va insof saqlab turadi.  Agar bu qadriyatlar zaiflashsa, eng qudratli davlat ham ichidan   yemriladi.  Shuning uchun manfaatparastlik epidemiyasiga yo‘l qo‘ymaslik  faqat gina  axloqiy masala emas.  Bu jamiyatning kelajagi, barqarorligi va hatto mavjudligi haqidagi chora  demakdir.

Ishonch inqirozi

 Jamiyatni bir butun tizim sifatida ushlab turuvchi eng muhim ustunlardan biri  –  ishonch. Buni uzoq tarixga ega mahalla an’analari bilan tanilgan O‘zbekiston misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Ilgari so‘zning o‘zi kafolat  edi. Bugun esa ko‘p joylarda hatto tanish odamga ham qarz berishdan oldin yozma kelishuv qilish oddiy holga aylanib bormoqda.

Demak, ishonch sekin-asta shartnomalar bilan almashmoqda.

Atrofdagi manzaralarga bir boqing: poliklinika yoki davlat idorasidagi  uzun navbat da ayrim lar “bir daqiqaga” deb oldinga o‘tib  olish ga urinadi. Buni ko‘rgan boshqalar ham   o‘z  navbatining kelishiga  ishonmay, tanish topish yoki “yo‘lini qilish”ga harakat qiladi.

U stalarga   ham   “g‘iring” demay  ishonadiganlar  ham   kam  qoldi . O‘z navbatida  ustalar  ham buyurtmachiga isho nmaydi.   Chunki  so‘ngi vaqtlarda ikki tomonning  ham   o‘z  va’dasi ga amal qilmasligi  bot-bot isbotlanmoqda.

 Ishonchsizlik kuchaygan sari “har kim faqat o‘zini o‘ylaydi” degan kayfiyat ommalashadi.   Masalan, ko‘p qavatli uylarda lift ta’miri yoki hovlini obod qilish uchun pul yig‘ishda doimo bir muammo chiqadi: ayrimlar umuman   bunday xayriyalarda ishtirok etishmaydi.  “Baribir boshqalar to‘laydi” degan fikr ustun lik qiladi ularda.  Natijada to‘lashga tayyor odamlar ham ruhan so‘nib, ishlar ortga suriladi.

Umumiy mulk bor, lekin umumiy mas’uliyat yo‘q.

 Bu holatning og‘ir zarbasi   esa  jamoaga tushadi.

Ayrim tashkilotlarda faol va tashabbuskor xodim ishni yaxshilash uchun yangi g‘oya taklif qiladi. Ammo uni rag‘batlantirish o‘rniga qo‘shimcha vazifalar yuklanib,  mukofot boshqalarga berila di ,   natijada   u keyingi safar tashabbus ko‘rsatmaydi.  Buni ko‘rganlar   esa   “ortiqcha harakat qilishning foydasi yo‘q” degan xulosaga keladi. Natijada jamoada sifat emas, minimal talabni bajarish  ko‘nikmasi  shakllanadi.

Qarang-ki, manfaatparastlik illati qo‘shnichilik munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsatgan. Ilgari mahallada eshiklar ochiq, bolalar qo‘shninikida bemalol o‘ynab yurar, uyni qo‘shniga topshirib ketish oddiy hol edi. Hozir esa ko‘p joylarda temir eshik, domofon, videokuzatuv kameralari oddiy holga aylandi. Albatta, bu xavfsizlik chorasi, ammo shu bilan birga   jamiyatda   ishonch  inqirozining allaqachon boshlangani  belgisi  ham.

 Hamkorlikning susayishi iqtisodiy sohada ham  ko‘zga tashlanadi. Masalan, kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi ikki tanish sherikchilik boshlamoqchi bo‘ladi, ammo “keyin pulni bo‘lishda muammo chiqmasmikan?” degan shubha sabab loyiha amalga oshmay di. Yoki dehqonlar suvni navbat bilan ishlatish o‘rniga har kim o‘zicha tortib olishga harakat qiladi  –  natijada pastdagi yerlar suvsiz qolib, hosil kamayadi.

 Umumiy resurs bor, lekin ishonch yo‘qligi sabab samara  past.

 Eng  yomoni,  ahvol shu tarzda davom etsa  –  ishonch inqirozi o‘z-o‘zini kuchaytiruvchi jarayonga aylanadi. Masalan, ko‘chada yiqilib tushgan odamga ba’zilar “keyin mendan guvohlik talab qilishadi”, “boshimga muammo orttirmay” degan xavotir   bilan  yordam berishni istashmaydi .  Boshqalar ham befarq bo‘lishni ma’qul ko‘radi. Oqibatda insonlar yomon bo‘lib qolgani uchun emas, balki ishonchsiz muhit sabab bir-biriga yaqinlashmay qo‘yadi.

Borib-borib  jamiyat bir butun organizm   holatidan  alohida “orollar” yig‘indisiga o‘xshagan  arxipilagga aylanadi.

Bir mahallada yashovchilar bir-birini tanimaydi, bir korxonada ishlovchilar bir-biriga ishonmaydi, umumiy mulk qarovsiz qoladi.

Xiyobon da o‘rindiqni asrash o‘rniga sindirish, liftni ehtiyot qilish o‘rniga buzish holatlari   esa  “bu meniki  emas” degan munosabatdan kelib chiqadi. Umumiy manfaat hissi susayganda, umumiy mulk ham qadrsizlanadi.

Ha azizlar, manfaatparastlikday  jirkanch illatdan tug‘iluvchi   ishonch inqirozi oddiy ijtimoiy muammo emas, balki jamiyatni ichidan yemiruvchi ko‘rinmas ofat dir. U sekin-asta, lekin uzluksiz ta’sir qiladi.  Uning ta’sirig a  tushganlar bir mahallada yashash sa ham, bir jamoa   bo‘lmay  qoladi.

 Hozirga qadar  O‘zbekistonda hashar  yo   qo‘shnichilik kabi an’analar aynan o‘zaro ishonch tufayli yashab kelgan. Agar shu “ijtimoiy kapital” yo‘qolsa, uni tiklash juda qiyin bo‘ladi. Chunki jamiyatni parchalanishdan saqlab qoladigan eng mustahkam “sement”  –  bu qurol yoki ma’muriy choralar emas, balki insonlarning bir-biriga ishonish  hissidir.

Korrupsiya va adolatsizlikka olib boruvchi yo‘l

 Manfaatparastlik ommaviy  tus olsa, davlat tizimini izdan chiqarishi  hech gap emas. Buning yorqin misollarini turli mamlakatlar tajribasida ko‘rish mumkin.  Manfaatparastlik kuchaygan joyda lavozim  –  xizmat emas, imkoniyat manbaiga aylanadi. Masalan, ayrim davlatlarda neft yoki boshqa tabiiy resurslardan tushgan daromad aholi farovonligiga emas, tor doira manfaatiga xizmat qilgan holatlar   ko‘plab  kuzatilgan.

 Lavozimdan shaxsiy manfaat  yo‘lida  foydalanish korrupsiyaning   o‘q   ildizi.  Bir vaq tlar   Braziliyadagi mashhur “Lava Jato” (Avtomoyka) ishi davomida davlat neft kompaniyasi atrofida milliardlab dollarlik pora sxemalari ochilgan.  Unga ko‘ra, qurilish kompaniyalari yirik shartnomalarni qo‘lga kiritish uchun siyosatchilarga pul to‘lagan, bu mablag‘lar esa siyosiy kampaniyalarga va shaxslarning  boyishiga sarflangan. Natijada davlat mablag‘lari samarasiz ishlatilgan, iqtisodga zarar yetgan, jamiyatda esa siyosiy tizimga ishonch keskin pasaygan.

Bunday misollar o‘zimizda ham yetarli. Manfaatparastlik illatiga mubtalo bo‘lgan muhitda qonun-qoidalarning, imtiyozlarning, rag‘batlantirishlarning  faqat  “tanish-bilish”lar ga   qo‘llanilishi  kuzatiladi.   Yaqinda jamoatchilikka yoyinlangan xabarlarga ko‘ra,  Samarqand viloyati maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i  Sankt Peterburgda bo‘lib o‘tgan bitiruvchilar bayramiga o‘z farzandi va jiyanini yuborgani aniqlangan.

 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Samarqand viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati organlarida xorijiy xizmat safarlari, ularni e’lon qilish tartibi va belgilangan qoidalarga rioya etilishini yuzasidan o‘tkazilgan  tekshiruvga natijalariga ko‘ra esa, Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tuman hokimliklarining mansabdor shaxslari xizmat safarlarida yaqin qarindoshlarini, jumladan, xotin, o‘g‘il va haydovchisini, shuningdek, safarga bevosita aloqador bo‘lmagan xodimlarni delegatsiya tarkibiga kiritgani aniqlangan.

“Xususan: 

Xitoyda Markaziy Osiyo davlatlarining professional fermerlari uchun tashkil etilgan seminarga Qo‘shrabot tuman hokimining haydovchisi M.T. va hokimning o‘g‘li D.D. yuborilgan.

 Xitoyda tashkil etilgan “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va qayta ishlashni tashkil etish” bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida Qo‘shrabot tumanidagi sohaga aloqador hokimlik vakillari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari taklif etilgani ko‘rsatilib, 32 nafar shaxsdan iborat delegatsiya tarkibi (ro‘yxat) taqdim etilgan.

 Biroq, ro‘yxatni o‘rganish davomida ayrim delegatsiya vakillari, jumladan, tuman hokimining turmush o‘rtog‘i M.Sh., hokimlik boshqa mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi Ch.H.lar ro‘yxatga asossiz ravishda kiritilgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ro‘yxatdagi N.X. va M.S.lar Qo‘shrabot tumanidagi 1-son texnikum xodimlari sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lib, aslida ular ushbu texnikumda ishlamasligi ma’lum bo‘lgan.

 Bundan tashqari, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xorijiy xizmat safariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador bo‘lmagan xodimlarni yuborish holatlari mavjudligi aniqlangan. Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi tomonidan  2025 yil 22–30 may kunlari Xitoyga tashkil etilgan xizmat safarida safarga bevosita aloqador bo‘lmagan xodim ham delegatsiyaga kiritilgan.

 Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, Kattaqo‘rg‘on va Qo‘shrabot tuman hokimliklari xorijiy xizmat safarlari haqidagi ma’lumotlarni yashirgan. Bu esa Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son farmoniga zid hisoblanadi”  deb xabar beradi  zamon.uz  internet nashri.

Budjet mablag‘lari manfaatparastlik yo‘lida isrof etilayotgan bu holatga shunchaki jim turish mumkin emas. Albatta bu holatlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rilgan.

Ayrim davlatlarda yo‘l qoidabuzarligi yoki soliq masalasida oddiy fuqaro qattiq jazolanishi, ammo ta’sirli shaxslar jazodan qutulib ketishi kuzatiladi .  Oqibatda, b unday holatlar   urchigani  sari aholida “qonun barcha uchun teng emas” degan ishonch shakllanadi. Bu esa huquqiy davlat tamoyiliga jiddiy zarba beradi.  M yehnat emas, aloqalar hal qiluvchi omilga aylanadi.

Masalan, ishga qabul qilishda yoki davlat xizmatlariga kirishda tanish-bilish muhim rol o‘ynaydi gan holatlar  kuzatiladi . Bu esa iqtidorli yoshlarning davlat tizimiga ishonchini pasaytiradi, ularni xususiy sektorga yoki chet elga   ishga  ketishga majbur qiladi.

Manfaatparastlik  iqtisodiy sohada ham jiddiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda qurilish tenderlari raqobat asosida emas, “kerakli” kompaniyalarga berilgani sabab infratuzilma sifatsiz qurilgan, keyin esa ta’mirlash uchun yana davlat mablag‘i sarflangan. Bu  –  korrupsiyaning ikki karra zarar keltirishini ko‘rsatadi: avval mablag‘ talon-toroj qilinadi, keyin oqibatlarni bartaraf etish uchun yana xaraj   tortiladi .

Bu hodisadagi e ng og‘ir oqibat  –  adolatga ishonchning yo‘qolishi dir . 

 Ukrainada 2014 yildagi ommaviy  isyonlar aynan korrupsiya va adolatsizlikka qarshi norozilik sifatida boshlangani bu gapga yaqqol misol .  O‘shanda odamlar davlat institutlari xalq manfaatiga emas, tor doira manfaatiga xizmat qilayotganini his qilgan. Bu esa siyosiy beqarorlik va keskin ijtimoiy o‘zgarishlarga olib kelgan  edi .

Manfaatparastlik ortidan a dolatga ishonch yo‘qolgan jamiyatda ruhiy muhit ham o‘zgaradi. Odamlar muvaffaqiyatni mehnat   ortidan  emas, “yo‘lini topish” dan qidira   boshlaydi. Bu esa axloqiy qadriyatlarni ham o‘zgartiradi: halollik emas,  “epchillik”  qadrli bo‘lib qoladi.  Shu tariqa manfaatparastlik yangi avlod ongiga ham singib boradi.

Shuning uchun manfaatparastlikka qarshi kurashish, uning oldini olish  faqat axloqiy muammo ni bartaraf etish degani emas,  balki davlatchilik va xavfsizlik masalasi ga jiddiy e’tibor qaratish deganidir.

K orrupsiya va adolatsizlik   esa aynan  manfaatparastlikning tabiiy natijasi. U sekin-asta adolat tizimini yemirib, jamiyatda  teng imkoniyatlardan mahrum   bo‘lgan  muhit ni shakllantiradi.  Bunday sharoitda qonun ustuvorligi emas, shaxsiy manfaat ustuvor bo‘ladi.

Iqtisodiy samaradorlikni yemiruvchi omil

Manfaatparastlik chuqur ildiz otgan  muhitda hamkorlik o‘rnini  tajovuzkor  raqobat egallaydi.  Tadbirkorlik sohasida sifat yoki xizmat darajasi bilan emas, balki aloqalar, bosim yoki noqonuniy usullar bilan raqobat da yutishga urinishlar kuzatila boshlaydi.  Bu esa halol biznesni zaiflashtiradi. Natijada bozorda eng yaxshi mahsulot emas, eng “epchil” ish yuritgan ishtirokchi ustun keladi. Bu holat uzoq muddatda sifat pasayishiga va iste’molchining  zarar ko‘rishiga olib keladi.

Manfaatparastlik qisqa muddatli foydani ustun qo‘yish  xususiyatini shakllantiradi.  Masalan, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi texnologiya joriy etish yoki kadrlar tayyorlash katta sarmoya va vaqt talab qiladi. Shu sabab ba’zi tadbirkorlar tez aylanadigan savdo yoki importga ko‘proq e’tibor qaratadi. Bu qisqa muddatda daromad keltirishi mumkin, ammo uzoq muddatda milliy ishlab chiqarishning rivojlanishini sekinlashtirishi hatto mutlaqo yo‘qqa ham chiqarishi hech gap emas.

Bunday  muhitda innovatsiya ham sekinlashadi. Chunki yangi g‘oyalar ko‘pincha jamoaviy mehnat, bilim almashuvi va ishonchni talab qiladi. Agar har kim o‘z manfaatini qattiq himoya qilib, ma’lumotni yashirsa yoki sherikdan shubhalansa, hamkorlikdagi ilmiy yoki texnologik yutuqlar  yo‘qqa chiqadi. I qtisodiyot tashqi ko‘rinishda faol bo‘lishi mumkin  –  bozorlar ishlaydi, qurilishlar  bo‘lavera di, savdo rivojlanadi.  Ammo ichki samaradorlik past bo‘ladi. Chunki resurslar eng zarur sohalarga emas, eng tez foyda keltiradigan yo‘nalishlarga sarflanadi.  Natijaa  barqaror rivojlanish sekinlashadi.

Shu  bois   manfaatparastlik epidemiyasi faqat axloqiy muammo emas, balki iqtisodiy xavf   ham dir .   Chunki iqtisodni texnika emas, insonlarning o‘zaro munosabati harakatga keltiradi. Agar  un ga   ham   manfaatparastlik  aralashsa,  eng boy imkoniyatlar ham kutilgan natijani bermaydi.

Mehr so‘nib, hisob-kitob boshlanganda

 Ba’zan eng katta fojia inson qalbida boshlanadi. Agar manfaatparastlik ommaviy odatga aylansa, birinchi bo‘lib vayron bo‘ladigan maskan bu bozor ham, davlat ham emas  –  oila   bo‘ladi . Chunki oila hisob-kitob bilan emas, mehr bilan yashaydi.

 O‘zbek jamiyati asrlar davomida aynan oilaviy qadriyatlar tufayli mustahkam bo‘lib kelgan. Bir uyda bir necha avlod yashashi, qarindosh-urug‘ning doimiy aloqada bo‘lishi, mahallaning katta oiladek ishlashi  –  bular tasodif emas, balki ijtimoiy xavfsizlik tizimidi r. Agar kimdir ishsiz qolsa, qarindoshi yordam berardi,  yana   kimdir kasal bo‘lsa, qo‘shnisi qarashardi.  Shu ma’noda b u tizimning asosi pul emas  –  ishonch va mehr.

 Ammo manfaatparastlik kuchaygan sari bu tizim sekin-asta yemirila boshlaydi.  Afsuski, bugun ayrim holatlarda turmush qurish ham qalblar ittifoqi emas, shartlar kelishuviga o‘xshab qolmoqda. Yoshlar bir-birini emas, biri-birining imkoniyatini baholayotgan holatlari bor.

Uy bormi, mashina bormi, daromad qancha, ota-onasi kim?

Albatta, moddiy barqarorlik muhim. Ammo u mehr o‘rnini bosganda, nikoh munosabat emas, investitsiyaga aylangan bo‘lar edi. Investitsiya esa foyda bermagan zahoti, tugatiladi.

Bu holat ajralishlar ko‘payishiga olib keladi . Iqtisodiy qiyinchilik, ishsizlik yoki turmushdagi muammolar mehrga qurilgan oilani sindirmasligi mumkin, ammo faqat qulaylikka qurilgan munosabat bunday bosimga bardosh berolmaydi. Keyingi yillarda ayrim oilalarda maishiy kelishmovchiliklar, moliyaviy muammolar yoki begonalashuv sabab ajralishlar muhokama qilinayotgani faqat statistika emas, balki ma’naviy signaldir.

O‘ tgan   2025  yili 55 ming oila buzilib , 70 ming bola  yo otasiz yoki onasiz bo‘lib qolgani esa, bu gaplarga yaqqol misol.

Taassufki, qarindoshlik munosabatlari ham o‘zgarmoqda. Ilgari yordam beg‘araz bo‘lardi. Hozir yordam ham hisob-kitob bilan berila  boshlan  di. Kim to‘yga qancha pul   to‘yana qildi,  kim qaysi marosimga keldi yoki kelmadi. Aynan shu omillar qarindoshlik  munosabatlarni belgilaydigan omilga aylanib bormoqda. Mehr o‘rnini daftar egallamoqda.

Manfaatga asoslangan munosabatlar insonni ruhan yolg‘izlatib qo‘yadi. Katta shaharda minglab odamlar orasida yashab turib ham inson o‘zini keraksiz his qilishi mumkin. Yolg‘iz qariyalar, telefon qo‘ng‘irog‘ini kutib yashaydigan ota-onalar, bayramni sukutda o‘tkazayot gan insonlar  –  ular   shunchaki g‘ariblar  emas, jamiyat da sodir bo‘layotgan manfaatparastlik epidemiyasining   ko‘zga   tashlanayotgan  yaqqol qurbonlaridir.

 Eng  yomoni  bu jarayon avloddan avlodga o‘tadi. Mehr ga to‘ymagan  bola katta bo‘lgach,   boshqaga  mehr bermayd i.  Munosabatni ham foyda nuqtayi nazaridan baholaydi. Shu tariqa manfaatparastlik nafaqat bugunni, balki ertani ham zaharlaydi.  Natijada oiladay muqaddas qo‘rg‘on zaiflashadi.

O ilaning zaiflashishi  –  bu shaxsiy muammo emas, milliy masala. Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat har qanday inqirozni yengib o‘tadi. Oila yemirilsa, eng boy davlat ham ma’naviy jihatdan zaif bo‘l ib qoladi.

Mehr-oqibatga asoslangan jamiyatda inson o‘zini himoyalanganday  his qiladi. Manfaatga asoslangan jamiyatda esa har kim o‘zini o‘zi himoya qilishga majbur. Birinchisi  –  jamoa, ikkinchisi  –  anjuman ichra  yolg‘izlar to‘dasi.

Axloqiy qadriyatlar yemirilishi va ma’naviy inqiroz

Manfaatparastlik avval inson ongida, keyin munosabatlarda, oxir-oqibat esa butun jamiyatda axloqiy qadriyatlarni yemiri b  ma’naviy inqirozni  yuzaga kel tiradi.  Bunday muhitda esa  “nima bo‘lsa ham foyda bo‘lsa bas” degan qarash ustun.  Ilgari yaxshi yoki yomonligiga qarab baholangan xatti-harakatlar endi foydali yoki foydasizligiga qarab baholana   boshlay  di.   Aynan shu holat  axloqiy mezonlarning  iqtisodiy manfaat lar  bilan almashganining belgisidir.

Bu holatni Italiyaning ayrim hududlaridagi soya  iqtisodi misolida ko‘rish mumkin. Kichik biznesning katta qismi rasmiy hisobga kirmaydi, xodimlar rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmay ishlatiladi.   Bu kabi holatlar O‘zbekistonda ham kuzatilayotgani bor gap.   Ko‘pchilik buni jinoyat emas, balki  hayot tarzi deb qabul qiladi. Natijada davlat budjeti ga tushum  kamayadi, ijtimoiy xizmatlar zaiflashadi.

 Ayrim mamlakatlarda imtihonlarda ko‘chirish yoki diplomni pul bilan olish holatlari jamoatchilik tomonidan keskin tanqid qilingan.  Bu muammo postsovet makonida ayniqsa og‘ir oqibatlarga olib kelgan: diplomli, lekin malakasiz mutaxassislar soni ortib, butun sohalar samaradorligiga ta’sir ko‘rsatgan.  Shu sabab bo‘lsa kerak-ki,   O‘zbekistonda so‘nggi yillarda imtihon jarayonlarini ochiq va adolatli o‘tkazishga katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki ta’limda adolat yo‘qolsa, jamiyat kelajagi ham xavf ostida qoladi. Agar yoshlar “mehnat qilmay ham natijaga erishish mumkin” degan xulosaga kelsa, ularning   ilmga ham hunarga ham   rag‘bati  susayadi.

 Manfaatparastlikning eng xavfli jihati  –  u ning  yoshlar uchun namunaga aylanishidir. Agar   yoshlar  halol mehnat bilan emas, aylanma yo‘llar bilan boylik yoki muvaffaqiyatga erishganlar dan ibrat ola boshlasa,   shuni  me’yor  deb qabul qiladi. Bu holatni 1990-yillardagi ayrim postsovet mamlakatlarida shakllangan “omon qolish  ko‘nikmasi ”  misolida  ko‘rish mumkin.  O‘shanda, d avlat tizimi zaiflashgan  vaqtlarda qoidalarga amal qilish emas, ularni buzish omon qolish vositasi, deb hisoblangan. Afsuski, b u odat iqtisod barqarorlashgandan keyin ham saqlanib qolgan.   Natijada,   aksar postsovet mamlakatlarida   manfaatparastlik madaniy  me’yorga aylanib qolgan.

Ijtimoiy keskinlik va nizolarga olib boruvchi yo‘l

2018 yili yoqilg‘i soliqlarining oshirilishiga qarshi boshlangan namoyishlar tez orada keng ijtimoiy norozilikka aylandi.  Bu Fransiyadagi “sariq jiletlar” harakati  edi . Namoyishchilar o‘zlarini iqtisodiy siyosatdan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan qatlam deb hisoblashini  va boylar manfaati ustu n  qo‘yilayotganini ta’kidladi   o‘shanda  .  Bu holat iqtisodiy qarorlar ortidagi adolat hissi qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi.

 Manfaatparastlik qashshoq va boy o‘rtasidagi farqni ham chuqurlashtiradi. Agar iqtisodiy o‘sishdan faqat tor doira foyda ko‘rsa, qolgan aholi o‘zini chetda qolgan deb his qiladi. Bu holatni Lotin Amerikasining ayrim davlatlarida   ham  kuzatish mumkin. Masalan, Chilida 2019 yili  jamoat transporti narxining ozgina oshishi ommaviy namoyishlarga sabab bo‘ldi. Aslida muammo faqat tarif emas, balki yillar davomida to‘plangan tengsizlik va adolatsizlik hissi edi.

 Ijtimoiy tengsizlik yuqori bo‘lgan joyda jinoyatchilik va zo‘ravonlik xavfi ham ortadi. Chunki inson o‘zini jamiyatdan uzilgan deb his qilsa, qoidalarga amal qilishga ham kamroq motivatsiya sezadi. Buni Braziliya yoki Janubiy Afrika kabi davlatlardagi katta ijtimoiy farqlar misolida   ham   ko‘rish mumkin  –  boy hududlar  alohida, kambag‘allar yashaydigan  tumanlar  alohida .  Jamiyat bir hudud ichida “ikki dunyo”ga bo‘linib ketgan.

 Norozilik kuchaygan sari namoyishlar va siyosiy beqarorlik xavfi ortadi. Arab davlatlarida 2010–2011 yillarda boshlangan “Arab bahori” voqealari ham qisman iqtisodiy tengsizlik, ishsizlik va adolatsizlik hissi   bilan bog‘liq edi. Ko‘p yillar davomida to‘plangan norozilik bir nechta voqea  sabab “portladi”  va butun mintaqada siyosiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.

Manfaatparastlik kuchaygan jamiyatda har bir guruh faqat o‘z manfaatini himoya qiladi, umumiy manfaat tushunchasi zaiflashadi. Bu holat etnik, mintaqaviy yoki ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni ham kuchaytirishi mumkin.

N orozilik har doim ochiq namoyish shaklida bo‘lavermaydi. U  b yefarqlik, ishonchsizlik yoki passiv qarshilik ko‘rinishida ham namoyon bo‘lishi mumkin.  Agar shunday bo‘lsa,  odamlar saylovlarda qatnashmasligi, jamoat ishlaridan chetlashishi yoki qonunlarga formal munosabatda bo‘l a boshlashi hech gap emas.

Lo‘nda  qilib aytganda, manfaatparastlik epidemiyasi jamiyatni nafaqat ma’naviy va iqtisodiy, balki siyosiy jihatdan ham xavf ostiga qo‘yadi.  Adolatsizlik hissi to‘planib borsa, u bir kun kelib ochiq nizoga aylanishi mumkin. Agar jamiyatda “har kim o‘z manfaati uchun” degan qoida ustun kelsa, umumiy barqarorlikni saqlab qolish juda qiyin bo‘ladi. Chunki odamlarni birlashtiradigan narsa qo‘rquv emas, balki adolatga ishonchdir.

Niqob ortidagi manfaat

 Manfaatparastlik faqat iqtisod yo siyosatda emas, din va diniy muhitda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bu holat  chindan  xavfli, chunki din odamlar uchun ishonch   omili . Shuning uchun manfaat din niqobiga o‘ralsa, uni fosh qilish ham, unga qarshi turish ham qiyinlashadi.

 Din shaxsiy foyda vositasiga aylansa, ma’naviy kuch emas, ijtimoiy ta’sir quroliga aylanadi. Ana shu holat  –  eng xavfli burilishdir.

B unday holatlar keng tarqalmagan bo‘lsa-da, ba’zan diniy bilim yoki obro‘dan shaxsiy nufuz orttirish, haddan tashqari hurmat talab qilish yoki odamlarning ishonchidan foydalanishga urinishlar haqida muhokamalar bo‘lib turadi. Ayrim radikal guruhlar odamlarni “bizga qo‘shilmasang  –  gunohkorsan” degan qarash bilan o‘z ta’siriga olishga urin adi . Bunday holatlar Yaqin Sharqdagi ekstremistik tashkilotlar misolida   ham  yaqqol ko‘rilgan. U lar dindan siyosiy va harbiy  manfaatlarda foydalangan.

 Aslida   birlashtiruvchi kuch bo‘lishi   lozim bo‘lgan  d in  manfaatparastlik aralash gani tufayli  ajratuvchi omilga aylanadi. Masalan, ayrim mintaqalarda diniy shiorlar orqali aholini guruhlarga bo‘lish va ta’sir doirasini kengaytirish holatlari kuzatiladi.

 Agar din bilim, axloq va insoniylik maktabi sifatida namoyon bo‘lsa, jamiyat mustahkamlanadi.  Ammo u kuch yoki nazorat vositasi sifatida ko‘rinsa, radikal qarashlar shakllanadi.

Ayrim ekstremistik tashkilotlar yoshlarni internet orqali diniy shiorlar bilan jalb qilishi barchaga  ma’lum. Ular diniy bilim emas, soddalashtirilgan va   o‘z  manfaatlariga mos talqinlarni tarqatishadi.  Bu esa ko‘plab mamlakatlarda xavfsizlik muammosini kun tartibiga chiqaradi.

 Manfaatparastlikning eng og‘ir oqibati  –  dinga ishonchning susayishi dir . Agar odamlar din nomidan   so‘zlayotganlarni   manfaat  ustida  ko‘rsa, muqaddas qadriyatlarga ham shubha bilan qaray boshlaydi.

 Bu holat ayrim mamlakatlarda cherkov yoki diniy tashkilotlar bilan bog‘liq mojarolardan keyin kuzatilgan: odamlar diniy institutdan uzoqlashgan,   ba’zi hollarda esa   umuman dindan begona bo‘lib  ketgan.

 Din insonni yuksaltirishi ham, agar suiiste’mol qilinsa, uni adashtirishi ham mumkin.   Shuning uchun eng muhim masala  –  dinning o‘zi emas, balki uning qanday tushunilishi va qanday qo‘llanilishidir.   Din  manfaatga emas, insoniylikka xizmat qilgandagina jamiyat  barqaror bo‘ladi.

Qissadan hissa

 Manfaatparastlik  illati shunchaki  axloqiy muammo emas.  Bu jamiyatning kelajagi haqidagi masala.  Inson faqat o‘zini o‘ylab yashay boshlagan jamiyatda boylik ko‘payishi mumkin, ammo baxt  bo‘lmaydi.

 Qonunlar  bo‘li shi mumkin, ammo  unga amal qilinmaydi.

 Aloqalar  bo‘l ishi mumkin, ammo ishonch  bo‘lmaydi.

Jamiyatni saqlab qoladigan narsa – umumiy manfaatni shaxsiy manfaatdan ustun qo‘ya olish  xislati dir.

“Menga nima foyda?” degan savol ni beruvchi kishilar   ko‘payib ketgan  jamiyat uzoqqa bormaydi.

 “Mendan   yurtga  nima foyda?” degan savolni o‘zlariga bot-bot berayotgan kishilar ko‘p bo‘lgan  jamiyat barqaror va kuchli bo‘ladi.

Bugun har bir kishi o‘ziga shu savolni berishi lozim.

Keyingi materialO‘ZBEKISTON BAG‘RIKENGLIGINING YORQIN IFODASI