Alloh taolo insonni aziz va mukarram qilib yaratdi. Unga aql, tafakkur, nutq kabi bir qator buyuk ne’matlarni ato etdi. Ana şu kabi ne’matlarning eng uluğlaridan biri — farzand. Farzand — inson naslining davomçisi, qalb quvonçi, hayot mazmuni. Ammo Islom ta’limotida farzand ne’matiga faqat quvonç manbai emas, balki uluğ omonat, katta mas’uliyat sifatida ham qaraladi. Ayniqsa, bugungi globallaşuv, axborot xurujlari, ma’naviy tahdidlar kuçayib borayotgan bir davrda farzand tarbiyasi masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Farzand borasida niyatning ahamiyati
Islom ta’limotiga köra, har bir amal niyatga boğliq. Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Amallar niyatlarga boğliqdir”, — deb marhamat qilganlar. Farzand köriş ham oddiy istak emas. Bu, avvalo, niyat. Farzand söraşda inson oldin öz qalbiga nazar solişi kerak. Niyat faqatgina nasl qoldiriş yoki jamiyat bosimi sabab bölmasligi lozim. Balki Allohdan solih, ilmli, odobli, jamiyatga foydali, ota-onaga dunyo va oxiratda ne’mat böladigan farzand söraş lozim.
Qur’oni Karimda Zakariyo alayhissalomning duolari bunga yaqqol dalildir:
“Parvardigorim, menga Özing tomonidan pokiza zurriyot ato etgin” (Oli Imron surasi, 38-oyat). Demak, farzand tarbiyasi hali bola dunyoga kelmasidan oldin, niyat bilan boşlanadi.
Öğil va qiz: Islomdagi adolat mezoni
Jamiyatimizda hanuzgaça öğil farzandni qizdan ustun qöyiş holatlari uçrab turadi. Holbuki, Islom bu qaraşni qat’iyan rad etadi. Qur’oni Karimda Alloh taolo oçiq-oydin marhamat qiladi: “U xohlagan bandasiga qizlar hadya qiladi, xohlagan bandasiga öğillar hadya qiladi” (Şöro surasi, 49-50-oyatlar). Bu oyatdagi “hadya qiladi” sözi juda muhim. Farzand — hadya. Hadya esa norozilik bilan emas, şukr bilanhina qabul qilinadi.
Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam qiz farzandlarga alohida e’tibor berganlar. Hadislarda qiz farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onaga jannat va’da qilingan. Oişa onamiz roziyallohu anho esa farzand tuğilganda:
“Öğilmi yoki qizmi?” deb emas, “Soğ-salomat tuğildimi?” deb söraganlar.
Bu Islomdagi asl qadriyatlar mezonidir.
Farzand tuğilganda bajariladigan sunnat amallar
Islom farzand tarbiyasini tuğilgan kundan emas, balki birinçi lahzadan boşlaydi. Hadislarda quyidagi amallar ta’kidlangan:
1. Çaqaloqning öng quloğiga azon, çap quloğiga takbir aytiş
2. Tahniq — xurmo yoki şirin meva bilan tanglayini kötariş
3. Farzandga çiroyli va barakali ism qöyiş
4. Çaqaloq haqiga xayrli duo qiliş
5. Yettinçi kuni soçini olinadi va soç vazni ölçanib xuddi şunça miqdorda kumuş (yoki qiymati) ehson qilinadi.
Bu amallar bolaning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy hayotiga ham baraka olib kiradi.
Farzand tarbiyasida asosiy murabbiy — ota-ona
Bugungi kunda köpçilik ota-onalar tarbiya mas’uliyatini boğça, maktab yoki telefon zimmasiga yuklayotgandek. Ammo haqiqat şuki, boş murabbiy — ota-ona.
Farzand hali gapira olmagan paytidayoq:
• körib örganadi,
• eşitib örganadi,
• ota-onaning xulqini takrorlaydi.
Şuning uçun ota-onaning odobi, hayotiy tutumi — bolaning ilk maktabi. Telefon, keraksiz axborot, nazoratsiz kontent esa bolaning aqliy va ruhiy rivojiga jiddiy zarar yetkazadi.
Islom dini farzandni vaqtni rejalaş, ilmga yönaltiriş, foydali maşğulotlar bilan band qiliş orqali tarbiyalaşni buyuradi.
Farzand — ham sinov, ham savob
Farzand — Allohning ne’mati. Ammo farzand bilan birga beriladigan mas’uliyat undan ham buyuk. Farzandni dunyoga keltiriş — sunnat, uni tarbiyalaş esa farz. Agar farzand solih bölsa, ota-onaga dunyoda baxt, oxiratda savob, jamiyatga foyda va yurtga baraka böladi.
Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytganlaridek, solih farzandning duosi ota-onaga vafotidan keyin ham yetib boradi. Şunday ekan, har bir ota-ona farzandni Allohning omonati deb bilib, uni ilm, odob, iymon va mas’uliyat bilan tarbiyalaşga intilişi lozim. Alloh taolo barçamizga farzand ne’matini töğri anglaşni, unga haqiqiy uluğ ne’mat sifatida munosabat qilişni nasib etsin.
Ma’ruf Toşbekov,
“Ziyo” media markazi muharriri

