Hushyorlikni bir dam yo‘qotmaylik!

Hushyorlikni bir dam yo‘qotmaylik!

Bugungi axborot texnologiyalari asrida hayotimiz qanchalik farovonlashgan bo‘lsa, shunchalik xavf-xatar ham ko‘payib boryapti. Dushmanni avvalgidek chetdan axtarishga hojat qolmadi. Gʻanimlar yonimizda, hatto, qo‘limizda izg‘ib yuribdi. Ba’zan kaftdekkina mobil qurilma bizning ag‘yorimizga aylanib qolishi hech gap emas. Bu matoh farzandlarimizni ham chalg‘itib, ularni turli buzuq aqidalarga boshlamoqda.