Umidvorlik

Ulamolarga ko‘ra, “Bo‘ldi, endi bo‘larim bo‘ldi, Alloh meni kechirmaydi, men baribir do‘zaxga kiraman”, deyishga hech bir mo‘minning haqi yo‘q. Alloh o‘zi hohlasa meni kechiradi, qilayotgan amalimni kamchiligi bilan bo‘lsa ham qabul qilyapti, degan ma’noda ham bo‘lishligi kerak ekan. Lekin bu Allohning rahmatidan umidvorlik hech qachon bandaning amal qilishda sustkashlikka, dangasalikka yo‘l qo‘yishi, gunohlardan bemalol tap tortmasdan qilaverishi yoki qilishi lozim bo‘lgan, Alloh taolo uning zimmasiga yuklagan vazifalariga sustkashlik qilishga yo‘l qo‘yishi mumkin, degani emas. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Agar ularning gumoni, umidi yaxshi bo‘lganda, gumoni chiroyli bo‘lganda, amali ham chiroyli bo‘lar edi”, deganlar.