...

VIDEOROLIKLAR - 21-oktyabr — O’zbek tili bayrami kuni

1:53Added: 21.10.2023
8 views

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, 2020 yilning 10-aprel kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O’zbek tili bayrami kunini belgilash to’g’risida»gi qonunni imzoladi.

Qonunga asosan, 21-oktyabr O’zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.

“Ziyo” media markazi barcha yurtdoshlarimizni O’zbek tili bayrami kuni bilan tabriklaydi.