Yaxshilikning katta-kichigi bo‘lmas
Yaxshilikning katta-kichigi bo‘lmas
Moʼmin kishining siyrati va surati goʼzal boʼladi. Oʼzgalarga yaxshilik qilish moʼminning feʼl-atvoridagi eng afzal xislati va shu bilan barobar Аlloh roziligini topishining oson yoʼli hamdir. Yaxshilik Yaratuvchi Zotning bandaga rahmatidir. Yaxshilik qilganlarni Аlloh taoloning oʼzi mukofotlaydi. Uning vaʼdasiga koʼra yaxshilik qiluvchi moʼminlar jannat neʼmatlariga sohib boʼladi.
Ramazon oyi, barcha moʼminlarning orzusi boʼlgan ikki dunyo saodatiga erishtiruvchi fazilatga ega fursatdir. Hadisi qudsiyda Аlloh taolo odam bolasining hamma yaxshiligiga uning oʼn mislidan to yetti yuz barobarigacha savobini koʼpaytirib berishi keltirilgan. Bundan tashqari, imonu ixlos bilan, savob umidida roʼza tutgan moʼminning oldingi gunohlari magʼfirat qilinishi haqida ham hadislar mavjud. Shunday ekan, Ramazonning serfazilat kunlaridan unumli foydalanib, ezgu amallar qilishga shoshilaylik.
There are no reviews yet.