Muloyimlik mo‘minning ko‘rki
Muloyimlik mo‘minning ko‘rki
Soʼz – insonlarning oʼzaro muomala-munosabat vositasi, tafakkur quroli, bandalikni ado etish omilidir. Odamlarni yaxshilikka undab, hidoyatu axloqqa chaqiruvchi soʼzlar ularning eng goʼzali hisoblanadi. Chiroyli soʼz nafaqat maʼnosi, balki, aytish uslubi ham yaxshi boʼlgan, yumshoqlik, lutf hamda muloyimlik bilan aytilgan soʼzdir. Zero bu nabaviy axloq va chin moʼminlik xislatlaridan hisoblanadi.
Moʼʼtabar dinimizda targʼib qilingan muloyimlik haq-huquqlar poymol etilganda ham tomoshabin boʼlib turaverish, adolatsizlikka qarsak chalish, oyoqosti boʼlishga rozilik degani emas, balki mazkur noxushliklarga qarshi munosabat bildirganda ham muloyimlik, bosiqlik bilan yoʼl tutish deganidir. Аna shunda qalblar ulfat qilinadi va haqiqiy maqsadga erishiladi.
There are no reviews yet.