Kechirimlilik fazilati
Kechirimlilik fazilati
Insonlar tomonidan yetgan aziyatga sabr qilish, zulm qilgan kishi kechirim soʼraganida uni afv etib, kechirib yuborish naqadar ulugʼ fazilat. “Аfv” soʼzi tark qilish, oʼchirish maʼnosini anglatadi. Yaʼni afv qudrati yetib turib, zarar yetkazmaslikdir. Kim uqubat berishga haqdor boʼla turib, uni tark qilsa, undan kechsa, afv etgan boʼladi. Аlloh taoloning goʼzal sifatlaridan biri ham “Аfuvv” dir. Yaʼni Аlloh azza va jalla bandalar sodir etgan koʼplab gunohlarni oʼchirib, kechib yuboruvchi va azobdan qutqaruvchi Zotdir.
Haq taolo Qurʼoni karimning koʼplab oʼrinlarida Oʼz bandalarini kechirimli boʼlishga buyuradi, gʼazablari kelganda uni ichiga yutadigan, odamlarni afv qiladigan kishilarni maqtab, ular haqiqiy taqvodor ekanliklarini va ular uchun kengligi osmonlar va yerga qadar boʼlgan jannatlar tayyorlab qoʼyilganligini bayon qiladi.
There are no reviews yet.