Ilmdan o‘zga najot yo‘q

Ilmdan o‘zga najot yo‘q

Islom dini musulmonlarga rivojlanish yoʼlida yurishni farz qilgan, kishilarni doim ilm izlashga undagan. Umuman olganda, inson shaxsiyatini ilmdan boshqa narsa toʼgʼri yoʼlga sola olmaydi, taraqqiyotga ham erishtira olmaydi. Hazrati Аli ilm xususida: “Ilm pastda turganlarni yuqori darajaga koʼtaradi. Bilimsizlik esa tepada turganlarni pastga tushiradi. Ilm mol-davlatdan ustundir, chunki boylikni sen asraysan. Ilm esa seni asraydi”, deganlar.
Darhaqiqat, Ramazon oyi inson oʼzini, nafsini, axloqini, bilimini yana bir karra nazoratdan oʼtkazib oladigan palla boʼlib xizmat qiladi. Roʼza tutish faqatgina taom va suv timsolida oziqlanishdan tiyilish emas. Balki moʼminlarni oʼz ustilarida koʼproq ishlab, ilmu maʼrifat, imonu eʼtiqodlarini kuchaytiradigan fursatdir. Ramazonning sersavob har lahzasining qadriga yetib, uni xayrli amallarga sarf etaylik.

Be the first to review “Ilmdan o‘zga najot yo‘q”

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

There are no reviews yet.