Husni xulq fazilati
Husni xulq fazilati
Аlloh taolo insonni xushsurat va goʼzal qilib yaratgan. Bu borada Robbimiz oʼz kalomi boʼlmish Qurʼoni karimning “Tiyn” surasi, 4-oyatida “haqiqatan, Biz insonni xushbichim va xushsurat (shaklda) yaratdik”, deb marahamat qiladi.
Endi, inson xilqati va surati chiroyli boʼlganidek oʼzining siyrati va xulqini ham goʼzal qilsa, haqiqiy komil inson boʼladi. Barcha yaxshi xulq va sifatlarni oʼzida jamlagan va shu borada ham insonlar uchun goʼzal namuna boʼlgan zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam edilar.
Ramazon oyi moʼminlar uchun har tomonlama poklanadigan fursat sifatida alohida qadrlidir. Bu muborak oyda har musulmon oʼz axloqini bir nazoratdan oʼtkazib oladi. Shu orqali xulqini isloh qiladi, zararli odatlaridan voz kechadi, ruhan va jismonan poklanadi. Bu oʼz navbatida bandaning imonini mustahkamlaydi, ruhini quvvatlaydi, salomatligini taʼminlaydi.
Shunday ekan, Ramazon oyining har bir kunini gʼanimat bilib, uni xayrli amallar bilan bezaylik.
There are no reviews yet.