Axil oila farovon jamiyat asosi

Axil oila farovon jamiyat asosi

Oila davlatning asosi, jamiyatning jon tomiridir. Аhil va mustahkam oilalar esa sogʼlom va barkamol kelajakning bunyodkorlari. Zero, insoniyatning rivoji va ertasi bugun tuzilayotgan oilalarning naqadar ahilligi va tarbiyada mukammalligi bilan bogʼliq. Oila masalalasiga beparvo qaraydigan jamiyatlar bora-bora tanazzulga duch kelishi shubhasiz. Hozirgi vaqtda baʼzi chet mamlakatlarda demokratiya niqobi ostida oila masalasiga boʼlgan notoʼgʼri yondashuv allaqachon oʼzining nobop mevasini bera boshladi. Jumladan, ayrim davlatlarda bolalar sonining keskin kamayib ketayotgani, jamiyatning keksalashuvi ularning oilaga nisbatan nojoiz yondashuvi natijasidir. Muqaddas dinimizda esa bu masalaga alohida eʼtibor qaratilgan. Odamlarning oʼz juftlari bilan mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlab, totuvlikda yashashlari, farzandlarni birgalikda kamolotga yetkazishlariga undalgan.

Be the first to review “Axil oila farovon jamiyat asosi”

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

There are no reviews yet.