ISLOM OLAMIDA 214 YIL AVVAL RO’Y BERGAN MUHIM VOQEA

1803-yil 2-avgust kuni Qozon shahrida Qur’oni karimning musulmonlar tomonidan amalga oshirilgan birinchi bosmasi nashr etildi.

Uning tiraji 1500 nushani tashkil etdi. Tez orada ushbu Qozon Qur’oni nashridagi matn turi “Qozon bosmasi” nomini oldi va an’anaviy uslubga aylandi. Musulmon olami Qozon Qur’onini birinchi musulmon nashri sifatida tan oldi. Islom olamida o’sha davrda Qur’oni karim bosmalarining aksariyati Qozon uslubida nashr etila boshlandi. U Osiyo, Turkiya, Yaqin Sharq musulmonlari orasida katta shuhrat qozonib, keng yoyildi hamda Yevropa sharqshunoslari tomonidan ham yuksak baholandi.

              Bugun Rossiyada Qur’oni karimning 1803-yilda bosilgan bir dona nushasi mavjud bo’lib, u Qozon universiteti kutubxonasida saqlanadi. Bundan tashqari, ushbu tiraj bilan birgalikda Kalomullohning juda kichik nushasi ham tayyorlandi. Bu bolalar qiroatiga mo’ljallangan edi. U ham 1000 nusxada chop etildi.

              Islom olamida 214 yil avval amalga oshirilgan Qur’oni karimning mazkur “Qozoniy” nashri qat’iy hamda namunaviy ko’rinish oldi hamda Rossiya imperiyasining sharqiy mintaqalariga va musulmon davlatlariga keng yoyildi.

 

Xurshida Abdullayeva tayyorladi   

“TAHNIK”NING FOYDASI ILMIY ISBOTLANDI

Islom dinida farzand tug`ilishi bilan bog`liq an`analar mavjud. Ulardan biri,  Payg`ambar (s.a.v.) sunnatlari bo`lgan - “Tahnik” dir. 

Bu marosimning mohiyati – xurmo shirasini ezib (yoki chaynab) oz miqdorda barmoqqa olib, yangi tug`ilgan bolaning tanglayiga surib қo`yish demakdir. Hadislarda keltirilishicha, Payg`ambarimiz (s.a.v.) ga yangi tug`ilgan chaqaloqni olib kelishadi: “... U (s.a.v.) Allohga hamd aytdi va chaynab ezilgan xurmo shirasini uning tanglayiga surib қo`ydi”. (Muslim 1/237) Islom dinida har bir buyruq yoki tavsiyalar chuqur mohiyatga egadir, Tahnik ham ana shular jumlasidandir.

Oxirgi vaqtlarda ilm-fanning turli sohalarida ko`plab kashfiyotlar amalga oshirilmoqda. Bularning aksariyati Qur`on va hadisda ҳam tasdiqlangani ayon bo`lmoqda. Jumladan, britaniyaning ilg`or korporatsiyasi – BBCda bir dastur efirga uzatildi. Unda mutaxassislar “shakarning gel ko`rinishidagi kichik miqdorini olib chaqaloq og`zi ichining tepa tarafiga surish – chala tug`ilgan chaqaloqlarning miyasini lat yeyishdan saqlashda samarali natija berishini” isbotlab berdilar.

Tadqiqotlarga ko`ra, har o`ninchi chala tug`ilgan chaqaloq «gipoglikemiya», ya`ni qondagi shakar darajasi kamligi, kasalligidan aziyat chekadi. Ma`lum bir zarur amaliyotsiz, bu go`dakning miyasi lat yeyishiga olib kelishi mumkin.

Yangi Zelandiyaning tibbiyot xodimlari 242 ta “Shirinlik surtish” amaliyoti қo`llangan yangi tug`ilgan chaqaloqlarning qonini tekshirdilar.

 Natijalar esa hayratlanarli darajada bo`ldi!

The Lancet nashrida klinik sinovlarning yakuniy xulosalari e`lon qilindi. Jeyna Xarding universitetining ilmiy tadqiqotchilar gruppasi o`qituvchi va professorlarining aytishicha, dekstroz (glyukoza) dan iborat bo`lgan gel yordamidagi davolash 1 funtdan oshmaydi hamda  tomirga glyukoza yuborishdan ko`ra ancha osonroq va samaraliroqdir. Ma`lumki, chala tug`ilgan bolalarni kuchli oziqlantirish bilan gipoglikemiya kasalligiga qarshi kurashib bo`lmaydi, shu sababli ko`pchilik bolalarning tomiriga glyukoza yuboriladi. 

Bundan tashqari, tadqiqot shuni ko`rsatdiki, gipoglikemiya kasalligi tashhisi qo`yilgan bolalarda «shirinlik surtish» (dekstroznqy gel) qo`llanganida kuchaytirilgan oziqlanishdan ko`ra samaraliroқ natija beradi, bolaning ahvoli yaxshilanadi.

London Universiteti kolleji qoshidagi ayollar sog`lig`ini saqlash Instituti xodimi Neyl Marlou (Neil Marlow) ning fikriga ko`ra, shirinlik surtish kamchiqim va samarali usul bo`lib, uni tibbiyot xodimlari tavsiyasi bilan qo`llash mumkin.

«Tahnik», ya`ni yangi tug`ilgan chaqaloqlarning tanglayiga shirinlik surtish odati - necha asrlar muqaddam islom dini ta`limoti orqali tavsiya etilgan, Payg`ambar (s.a.v.) sunnatlari bilan tasdiqlangan. Bugungi kunda fan olimlari tomonidan ushbu odatning chaqaloq uchun foydali ekanligi tasdiqlangani islom dinining naqadar haq va insonparvar din ekanligini ko`rsatib beradi. 

 

Sharifa G`anieva tayyorladi

FAROSAT – ULKAN NE’MAT

Inson qalbi sof  bo’lsa, aqli teran bo’ladi. Shuning uchun Ibn Sino hazratlari aqli zaiflashib borayotgan odamlarni yurak dorisi bilan davolagan.

Imom Termiziy Abu Hurayra (roziyallohu anhu) dan rivoyat qiladi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qiladilar: “Agar banda bir gunoh qilsa, uning qalbida gunohiga yarasha qora dog’ paydo bo’ladi. Keyin tavba qilsa, istig’for aytsa va gunohdan uzoqlashsa, qalbi yana avvalgidek tozalanadi. Ammo agar gunohga qaytsa yoki gunohni ziyoda qilsa, ushbu oyatda aytilgani kabi qalbi tamoman mog’or bosadi: “Yo’q (unday emas)! Balki, ularning dillarini o’zlarining qilmishlari (gunohlari) qoplab olgandir” (Mutaffifun,14).

Mo’min banda o’zini gunoh ishlardan tiysa, ulardan uzoqlashsa, Alloh uning qalbini jilolantirib qo’yadi va mo’minning aqlu farosati ortadi.

Imom termiziy Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladi: “Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Mo’minning farosatidan qo’rqing, chunki u Allohning nuri bilan nazar soladi”, dedilar”.

HIKOYAT: Abduholiq G’ijduvoniy (quddusa sirrahu) bir kuni haloyiqqa ta’lim berib o’tirgan edilar, bir yigit ularning sharif majlisiga egnida xirqa, qo’lida joynamoz bilan zohid suratida kirib keldi va bir burchakka o’tirdi.

  Bir vaqtdan so’ngra turib, hazrat Xojaga:

  • “Hazrat Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Mo’minning farosatidan qo’rqing , chunki u Allohning nuri bilan nazar soladi”, deganlar. Bu hadis siri nimadadir?” deb so’radi.

Xoja:                                       

  • Bu hadis siri shuki, zunnoringni kesgil va imon keltirgin, - deb javob berdilar.

Yigit:

  • Alloh asrasin, menda zunnor yo’q, - dedi.

Xoja xodimiga ishora qildi, u yigitdan hirqani tortdi, hirqa ostidan zunnor chiqdi. Yigit darhol zunnorini kesdi va imon keltirdi. Xoja dedi:

  • Ey do’stlar, keling , zohir zunnorini kesgan shu yigitga qo’shilib biz ham botin (qalb) zunnorini kesaylik.

Majlisdagi haloyiq bu so’zni eshitib, hammalari oh chekib, tavba qildilar.

Ibn Asir (rahmatulloh) “An-Nihoya fi g’aroyibil asar” asarida farosat to’g’risida quyidagilarni aytgan: “Farosat ikki qismga bo’linadi:

Biri, Alloh O’zining do’stlari qalblariga soladigan karomat, to’g’ri o’y, sinchkovlikdir. Valiylar ular orqali insonlar holatini bilib oladilar. Bu imoniy farosat deyiladi. Bu farosat imonning quvvatiga qarab kuchli va kuchsiz bo’ladi. Farosat ahli u bilan rostni yolg’ondan, haqni botildan ajratib oladi.

Ikkinchisi, insonning xilqati, xulqi, tajribalari orqali hosil bo’ladi. U bilan ham insonlarning holatini bilib olsa bo’ladi”.

Imom Shujo Kirmoniy (rahmatullohi alayh) deydilar:

“Kim zohirni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sunnatlari bilan ziynatlasa, botini Allohning  zikridan g’aflatda qolmasa, ko’zini haromdan saqlasa, nafsini shahvatlardan tiysa, halol taomlardan yeb umrini o’tkazsa, uning farosati aslo pand berib qo’ymaydi”.

 

Jamol MAVLONOV

Buxoro shahridagi “Masjidi Kalon” jome masjidi  imom-xatibi

“Hidoyat” jurnali 2016 yil, 6-sona

YER HAQIDA 50 TA QIZIQARLI DALILLAR

Yer kurrasi Quyoshdan uzoqlikda joylashuvi bo’yicha uchinchi hamda hayot mavjud bo’lgan yagona sayyoradir. 

Sayyoramizda biologik xilma-xillik 100 mln yil davomida rivojlanib borgan, shu bilan birga hozirda u 8 mln xil tirik jonzotlarning  uyi hisoblanadi.

Darhaqiqat, Alloh taolo Yerni  mukammal va rango rang qilib yaratgan va u Yaratganning bandalariga mehribonligi  va rahmdilligi namunasidir. Zero, Qur’oni karim oyatlarida ham shunday deyiladi:

“U osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratgandir. U kechani kunduzning ustidan o’rar, kunduzni kechaning ustidan o’rar. U Quyoshni ham, Oyni ham (O’z amriga) bo’yinsundirib qo’ygandir. (Ularning) har biri ma’lum muddatgacha sayrda bo’lur. Ogoh bo’lingizki, U Qudratli va (o’ta) Kechirimli (zot)dir!” (Zumar surasi, 9-oyat)

Ushbu maqolamizda e’tiboringizga biz yashayotgan sayyora haqidagi 50 ta qiziqarli dalillarni taqdim etamiz:

  1.  150 milliard  dollar

  2. ng qimmat obyekt  hisoblangan xalqaro kosmik stantsiyaning bahosi shunchani tashkil etadi.

  3.  3.7 milliard mil

Ushbu masofadan Yerning “Pale Blue Dot” (“Hira ko’k nuqta”) deb nomlangan mashhur surati olingan bo’lib, bu sayyoramizning eng uzoq nuqtadan olingan tasviridir. Ushbu tasvirda Yer kurrasi koinot kengliklari aro aks etgan.

  1. 10 kun

Eng chidamli sekinyurar jonzotlar (juda kichik umurtqasizlar turiga mansub) vakuumda yashay olishi mumkin bo’lgan vaqt.

  1. 2 daqiqa

  2. koinotda asbob-uskunalarsiz tura olishi mumkin bo’lgan davr.

  3. Sutkada 24 soat emas

23 soat 56 daqiqa 4 sekund – bu yerning o’z o’qi atrofida aylanadigan muddati bo’lib, u yulduzli sutka deb nomlanadi.

  1. Xitoy havosining ifloslanganligi kosmosdan ko’rinadi, Buyuk Xitoy devori esa ko’rinmaydi.

  2. 38 000

1957-yilda sputnik ixtiro qilinganidan buyon insoniyat tomonidan yaratilib, orbitaga chiqarilgan obyektlar soni.

  1. Er shari bouling (bowlling) sharidan ham tekisroq.

Tog’lar va okeanlar chuqurliklari yer aylanasining  1/5000  qismi hisoblanadi.

  1. Kuniga bir buyum

NASA ma’lumotlariga ko’ra, har kuni kosmik chiqindining biror bir qismi Yerga qaytadi.

  1.  22 000

Insonlar tomonidan yaratilgan, o’lchami 10 sm va undan katta bo’lgan Yer orbitasiga chiqarilgan obyektlarning haqiqiy soni.

  1.  100 tonna

Yerga har kuni atmosfera orqali tushuvchi kichik meteoritlarning  soni.

  1.  Qachonlardir Yerga tushgan eng katta meteor o’zidan krater qoldirmagan.

Ushbu Xoba meteoriti ikkala tomondan tekis bo’lgan, shuning uchun u atmosferadan tosh suvdan qanday o’tsa, shunday o’tgan.

  1.  19 km

Bu shunday balandlikki, agar odam yuqori darajada himoyalangan kiyim kiymasa tana haroratida suv ham qaynaydi.

  1.  Azon qatlami tuynugi tortilmoqda.

  2. -yilda azon qatlami tuynugi 10 yil avvalgiga nisbatan kichraygani mah’lum bo’ldi.

  3.  4.3 kvadrillion fut

Yer atmosferasining qiymati karbonat angidrid gazi bahosida: har kub metrga 1.3 penni 

  1.  8.6 mln

Bir kunda mana shuncha marta chaqmoq chaqadi.

  1.  Sayyoramizdagi jami suvning 97% i sho’r, atigi 3% i chuchuk.

  2.  Antarktikadagi muz miqdori Atlantika okeanidagi suv miqdoriga teng.

  3.  0,008 mg

  4. litr dengiz suvida shuncha oltin moddasi mavjud.

  5.  Dunyo okeanidagi 90% chiqindi plastikdan iborat.

  6.  Har yili okean tubidagi izlanishlar natijasida 2000 ga yaqin hayvon turlari kashf qilinadi.

  7.  Yer aholisining 99 % i okeanga yaqin joyda yashaydi.

  8.  Yiliga 8-12 ta odam akula sabab hayotdan ko’z yumadi. Bir yilda 100 mln akula suzgichlari sabab o’ldiriladi (Bu baliq ovlashning  bir turi bo’lib, unga ko’ra odatda akulaning suzgichi kesib olinadi, qolgan qismi okeanga itqitiladi).

  9.  Dunyo okeanida 1 mln dan ortiq hayvon turi yashaydi. Ularning 2/3 qismi hali kashf qilinmagan.

  10.  Vulqon otilishi hodisasining 90% i okeanda sodir bo’ladi.

  11.  860 km diametr

Agar Yerning barcha suv havzalari bir sharga to’plansa, o’sha sharning hajmi shunday bo’ladi.

  1.  10.9 km

Okeanning eng chuqur qismining chuqurligi.

  1.  Yer Quyosh sistemasidagi tektonik o’choqlarga ega bo’lgan yagona sayyoradir.

  2.  Nodir moddalar aslida kamyob emas.

Masalan, Lyutetsiy keragidan ortiq darajada ko’p tarqalgan noyob element bo’lib, u yer qobig’ida oltindan ko’ra 200 marta ko’proq uchraydi.

  1.  Yerdagi oltinning 99% i uning yadrosida joylashgan. Bu xazina sayyoramizni 1,5 fut qalinlikda o’rab olishga yetishi mumkin.

  2.  5500° C

Yer yadrosining harorati Quyoshning ustki qatlami haroratiga teng.

  1.  Qattiq krits yerning yuragida joylashgan. U oq va issiq bosim shu qadar yuqori bo’lsa ham, hech qachon erib ketmaydi.

  2.  55 tonna

Bu Meksika konidan topilgan Yerdagi eng katta kristallning og’irligi.

  1. 12.4/6371 km ± 0.2%

  2. r qobig’ining Rossiyada qazilgan eng chuqur quduqdagi chuqurligi, Yer markaziga yo’nalgan masofaga nisbatan.

  3.  400 km

Amazonka daryosidan pastroqda Rio Hamza daryosi oqadi, uning kengligi 400 km ni tashkil etadi. Tezligi esa soatiga 1mm dan ham kamroq.

  1.  2.8 km

Shunday chuqurlikdan bakteriyalar topilgan.  Ular radioaktiv moddalar ishlatilishi sababidan tirik qolgan.

  1.  40 mln tonna

Bu har yili Sahroi Kabirdan Amazonka junglilariga uchib o’tuvchi serhosil changlar miqdoridir.

  1.  Turkmanistonda “Jahannam darvozasi” nomli gaz krateri bor bo’lib, bu chuqurlik 40 yil davomida tinimsiz yongan.

  2.  3,5 mlrd yil

Bu Avstraliyadan topilgan, toshga aylanib qotib ketgan bakteriyalarning yoshi. U atmosferada kislorod paydo bo’lishidan oldin vujudga kelgan.

  1.  57,8 ° C

  2. da kuzatilgan eng issiq havo harorati, u 1922 yil Liviyada kuzatilgan.

  3.  -89.2° C

Antarktikaning Vostok stantsiyasida  kuzatilgan  eng sovuq havo harorati.

  1.  2 mln yil ilgari Antarktika zaminining eng ovloq yerida yomg’ir yog’gan.

  2.  2 sm.

Har yili davlatlar 2 sm ga  siljiydi.

  1.  300 yil ichida sayyoramizdagi  jonivorlarning 75% turi yo’q bo’lib ketadi.

  2.  Hayvonlarning atigi 14% turi kashf qilingan.

  3.  Dunyoda bir kunda  200 000 odam tug’iladi.

  4.  Turkiyadagi Gyobekli Tepa – insonlar tarafidan yaratilgan eng qadimiy diniy inshootdir. U miloddan avvalgi X asrda barpo etilgan.

  5.  Yer sayyorasida 106 milliard odam yashagan.

  6.  9.2 milliard

  7. yilga kelib Yer sayyorasidagi odamlarning soni shuncha bo’ladi.

  8.  Har soniyada 2 ta odam hayotdan ko’z yumadi.

 

 

Xurshida Abdullayeva va

Bibihojar Toirjonova tayyorladi