ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Hojilarimiz yurtimizga qaytmoqdalar

Haj ibodatini o’z nihoyasiga yetkazgan yurtdoshlarimiz 8 sentyabr kunidan boshlab Ona Vatanimizga qayta boshlaydilar. 

Hozirda barcha ziyoratchilarimiz tavoful vido ibodatini masjidul Haramda ado etib kelmoqdalar. Har kuni ishchi guruh va  guruhboshilar ishtirokida hojilarimizga  safar hujjatlarini rasmiylashtirish, yuk va unga bog’liq masalalar hamda sog’liqqa e’tibor qilishlari va yurtimizga, farzandlari bag’riga sog’ va salomat yetib olishlari bo’yicha tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berib borilmoqda.

Eslatib o’tamiz, dastlabki guruh hojilarimiz 8 sentyabr kuni Jidda-Toshkent yo’nalishi bo’yicha parvoz qiladilar.

 

 

274
07.09.2017