ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Hojilarimiz Mino vodiysida

Yurtdoshlarimiz Arafot maydonidagi ibodatlarini yakunlagach, Muzdalifa maydoni tomon yo’l oldilar. 

Hojilarimiz bu  yerda bomdod namozigacha zikr va tasbeh bilan mashg’ul bo’ldilar. So’ngra yana Mino vodiysiga qaytib keldilar. Zulhijja oyining o’ninchi kuni belgilangan vaqtda yurtdoshlarimiz shaytonga tosh otish, sochni olish va qurbonlik qilish kabi amallarni bajargandan so’ng ehrom libosidan chiqdilar va bir birlarini qo’shaloq bayramlar bilan tabrikladilar. Endi hojilarimiz zulhijja oyining o’n bir va o’n ikkinchi kunlari Mino vodiysida duolar bilan mashg’ul bo’ladilar va shaytonga tosh otish amalini ham ado etib haj ibodatini o’z nihoyasiga yetkazadilar. Yurtdoshlarimiz mo’’tabar maskanlarda Allohdan yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik va oilalariga baxtu saodat tilab duoi iltijolar qildilar. SHuni alohida qayd etish kerakki, ular  qatorida Ona diyorimizdan borgan  Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ham o’z ibodatlarini to’la to’kis ado etdilar.

 

 

 

 

329
02.09.2017