ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Hojilar Arafotda

Bugun erta tongdan yurtdoshlarimiz Mino vodiysida bomdod namozini ado etib, tashkiliy ravishda maxsus avtobuslarda Arafot manziliga yetib keldilar. 

Bu yerda ularni ishchi guruh va Saudiya Arabistonidagi hamkor shirkat "al-Hidoya" vakillari kutib oldilar. Bu yerda hojilarimiz uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Ular bugun peshin va asr namozini jam’ qilib o’qib, duo va tasbehlar bilan mashg’ul bo’ladilar.

Eslatib o’tamiz, hojilarimiz Arafot maydonidagi ibodatlarini yakunlagach Muzdalifa maydoni tomon yo’l oladilar.

 

Zafar Xayrullaev

Makka shahri,

Arafot maydonidan

 

 

516
02.09.2017