ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Toshkent islom universitetida ISESCO kafedrasi ochilish marosimi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 26 avgust sanasida Toshkent islom universitetida tarixiy voqea, ya’ni ISESCOning “Islom tsivilizatsiyasini o’rganish ISESCO” maxsus kafedrasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ushbu marosimda  ISESCO Bosh direktori Doktor Abdulaziz Al-Tuvayjiriy, Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rinbosari D.Nabiev, Toshkent islom universiteti rektori R.Abdullaev, shuningdek universitet xodim va talabalari ishtirok etishdi.

 

Tadbirda ISESCO bosh kotibi Doktor Abdulaziz at-Tuvayjiriy so’zga chiqib, O’zbekiston diyorida yetishib chiqqan olimlarning Islom dini madaniyatiga qo’shgan beqiyos xissasi, uning boy ilmiy merosga ega ekanligini inobatga olib, ushbu kafedra kelajakda nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyoga Islom ma’rifatini yoyishga o’zining ulkan xissasini qo’shishiga umid bog’ladi.

 

Eslatib o’tamiz, 2016 yil 18-19 oktyabrь kunlari Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi 43-sessiyasi Toshkent shahrida “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo’l” – shiori ostida bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ishtirok etib, O’zbekiston hayotida tarixiy voqea, ya’ni Toshkent islom universiteti tarkibida Ta’lim, fan va madaniyat masalalani bo’yicha islom tashkiloti – ISESCOning Maxsus kafedrasini tashkil etish haqidagi tashabbusini taqdim qilgan edi.

 

Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi

301
28.08.2017