ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Ikkinchi jahon urushi faxriylari Makkai mukarramaga sog’-salomat yetib keldilar

Bugun erta tongdan Madinai munavvaradagi ibodat va ziyoratlarini yakunlagan faxriylarimiz tashkiliy ravishda maxsus avtobuslarda Makka shahriga yetib keldilar. 

Ularni ishchi guruh, guruhboshilar va ko’plab hojilarimiz ko’tarinki kayfiyatda kutib oldilar. Faxriylarmizga muborak zam zam suvi hamda maxsus tayyorlangan tort va shirinliklar ulashildi. Faxriylarimizning quvonchlari cheksiz. Bunday kunlarga yetganlariga tillarida shukronalik. Muqaddas joylarda turar ekanlar yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik va shunday sharoitlarni yaratib bergan muhtaram Yurtboshimiz haqiga duoi xayrlar qildilar.

Endi faxriylarimiz mehmonxonada bir oz dam olgach, guruhboshilar hamrohligida  tashkiliy ravishda Masjidul Haramda Umra ibodatini ado etib keladilar.

597
26.08.2017