ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Muhammad ismi dunyo bo'ylab!

Mutaxassisilar dunyoda eng ko'p tarqalgan ismlarni o'rganib, Muhammad ismi yer yuzidagi eng ko'p ism ekanini aniqlashdi.

 Musulmonlar ichida bashariyat Payg'ambari Muhammad(sollallohualayhivasallam)ning muborak ismlari yuksak ehtirom bilan tilga olinadi.Ayrim davlatlarda, jumladan, Turkiyada Muhammad ismi ilohiy hisoblanadi.Shuning uchun, farzandlariga ushbu ismni to'g'ridan-to'g'ri qo'yavermaydilar.Buning o'rniga ko'proq Mehmet ismini qo'yadilar. 

  Biroq, ko'plab musulmon mamlakatlarida Payg'ambarimiz(sollallohualayhivasallam)ga cheksiz hurmat va muhabbat belgisi sifatida,qolaversa, ul zotning go'zal xulqlari ila xulqlanishni niyat qilib,yangi tug'ilgan o'g'il bolalarga Muhammad ismini qo'yishni afzal sanaydilar. 

  Fors ko'rfazi davlatlari, Hindiston, Pokiston, Malayziya, Janubiy Afrika,Jazoirda aksariyat musulmon erkaklar Muhammad ismi bilan ataladi.Bu erlarda har 10kishidan to'qqiztasining ismi Muhammad atalishi an'ana tusiga kirgan.Har bir oiladan kamida bitta Muhammad ismli kishini topish qiyin emas. 

  Shri Lankada esa har bir musulmon ismiga Muhammad nomini qo'shishi juda keng tarqalgan.

  Britaniyada aholini hisob-kitob qiladigan idora olib borgan so'rovlar natijasida,o'tgan yildan buyon Britaniya poytaxti Londonda tug'ilayotgan aksariyat bolalarMuhammad ismi bilan nomlanmoqda. Muhammad ismi bilan nomlanganlar Britaniya va Ispaniyada eng ko'p nomlanadigan ismlar orasida oltinchi o'rinda turadi. Shuningdek, Frantsiyada ham tug'ilayotgan chaqaloqlarning orasida Muhammad ismi keng tarqalmoqda.

  Ansorlardan bir kishi o'g'il ko'rdi. Unga Muhammad deb ism qo'ymoqchi bo'ldi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning oldilariga kelib, bu haqda so'raganida, u zot: “Ansoriy yaxshi ishga qo'l uribdi. Ismimni qo'yinglar, ammo kunyam biln kunyalanmanglar” dedilar.

  "Kunya" deganda kishining ismidan avval aytiladigan, bosh farzandining ismiga qo'shib "Falonchining otasi" ma'nosi tushuniladi. Masalan, Abu Abdulloh, Abu Dardo, Abu Muso kabi. Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bir qator sahobalarga kunya qo'yib, chaqirar edilar. Masalan, sahoba Abdurahmon ibn Soxr ad-Davsiy (roziyallohu anhu)ni mushuk bolasini o'ynatib o'tirganlarini ko'rib, u kishini “Abu Hurayra”, ya'ni “Mushukchaning otasi”, deb chaqirganlar.

  Bir kuni havo isib ketganidan biroz salqinlanish uchun dam olishga yotgan Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)ning tuproqqa belanib yotganlarini ko'rgan Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) u kishini "Abu Turob", ya'ni "Tuproq otasi" degan kunya bilan chaqirganlar.

  Shu o'rinda, mazkur muborak ism ma'nosi haqida to'xtalsak. Muhammad ismi “to'xtovsiz, tinimsiz, hamisha maqtaladigan” kabi ma'noni anglatadi. 

  Barcha payg'ambarlar maqtaladilar, ammo payg'ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) to'xtovsiz to qiyomatga qadar maqtaladilar.

 

Toshkent shahar vakilligi xodimi

Zoirjon Sodiqov tayyorladi

Manba: muslim.uz

6251
26.12.2016