ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Jahon Banki Afg’onistonga 500 mln $ ajratdi

Jahon banki Afg’onistondagi qashshoqlik bilan kurashish maqsadida 500 million dollar ajratdi. 

Ushbu summa qochoqlarga ko’mak hamda kam ta’minlangan fuqarolarga mikrokreditlar uchun, qishloq joylarda elektr liniyalari va yo’l tarmoqlari qurish va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minoti uchun sarf etiladi.

           Xususan, yo’l qurilishi uchun – 100 million dollar, elektrlashtirish uchun – 60 million dollar, qochoqlar himoyasi uchun – 44 milliondan ziyod, shaharlardagi rivojlantirishlar uchun – 20 million dollar, don omborlarini to’ldirish va undagi xizmatlar uchun – 20 million dollar sarflanishi rejalashtirilmoqda.

 

Xurshida Abdullayeva tayyorladi

303
16.07.2017