ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Hojilar uchun soyabon

Saudiyalik injener Muhammad Hamid Sayig’ hojilar uchun mo’ljallangan maxsus soyabonga patent oldi. 

Uning ushbu ixtirosi “Makka soyaboni” deya nomlandi.

Ushbu soyabonning asosiy xususiyati bu unda konditsioner mavjudligidir. U esa odatiy batareyalarda hamda quyosh batareyalarida ham ishlaydi. Bundan tashqari soyabonga suv purkaydigan moslamani ham ulash mumkin bo’ladi.

Ixtirochining ta’kidlashicha, dastlab u soyabonga ventilyator moslamasini o’rnatish bilangina chegaralanmoqchi bo’lgan, biroq Haj amallari davomida harorat 40 darajaga ko’tarilganda, ventilyator hojilarning holatini yengillata olmasligini hisobga olib, konditsioner g’oyasini kiritgan.

 

Xurshida Abdullayeva tayyorladi  

317
16.07.2017