ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Istanbuldagi Sulton Ahmad masjidi ta’mirlanadi

Ko’plab musulmonlarning va turistlarning sevimli maskani – Istanbuldagi Sulton Ahmad masjidida (Moviy jome) yaqin kunlarda ulkan ta’mirlash ishlari boshlanadi. 

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, bu go’zal masjidning 400 yillik tarixidagi eng katta ta’mirlashdir. Bundan tashqari qayta qurish loyihasi ishlari bosqichma bosqich tarzda amalga oshirilishi aytilmoqda. Bundan esa masjidga tashrif buyuruvchi musulmonlarga ham, uni ziyorat qilish uchun keluvchi sayyohlarga ham noqulaylik tug’dirmaslik maqsad qilingan.

Ta’mirlash davomida masjid ornamentlari saqlanadi, ichki qismidagi yog’och qoplama va dekoratsiyalar dastlabki vaqtdagidek qilib tiklanadi. Minoralar va masjid hovlisi ham yangilanadi. Ushbu ishlar to’rt yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o’tamiz, oltita minora bilan bezangan Moviy masjid 1616-yilda Sulton Ahmad I farmoniga ko’ra bunyod etilgan hamda usmoniylar davriga xos arxitekturaning eng yaxshi namunasi sanaladi.

 

Xurshida Abdullayeva tayyorladi

307
10.07.2017