ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Ka’baning nodir va tabarruk yodgorliklari namoyishi

Barcha musulmonlar uchun birdek muqaddas bo’lgan Ramazon oyida Anqara shahrida keng ko’lamdagi ko’rgazma ish boshladi. 

Ushbu ko’rgazmaga tashrif buyurganlar Islom tarixiga taalluqli noyob yodgorliklar va nodir eksponatlarni tomosha qilishlari mumkin. Ular orasida muqaddas qadamjolarga bevosita tegishli bo’lgan 14 ta artefaktlar ham mavjud bo’lib, uzoq yillar davomida Ka’bai muazzama va Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida bo’lgan buyumlar shular jumlasidandir. Uzoq yillar davomida muqaddas qadamjoni yopib turgan yopinchiq ham ko’rgazmadan joy olgan.

Ko’rgazmaning eng o’ziga tortadigan namoyishi esa Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan ulkan Qur’oni karim nusxasidir. Ushbu ko’rgazma Ramazon oyi oxiriga qadar namoyish etilishi xabar qilinmoqda.

 

www.islam-today.ru dan olindi  

1179
06.06.2017