ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
HINDISTONNING “MAKKA”SI

 Hindistonning ham o’z Makkasi borligi haqida eshitganmisiz? U Haydarobod shahrining ko’hna qismida, Chorminordan uncha ham uzoq bo’lmagan yerda joylashgan Makka masjidi bo’lib, Hindistondagi eng qadimiy va eng katta masjidlardan biri hisoblanadi. Makka masjidining qurilishi g’oyasi Golkond sultonligining hukmdori Muhammad Quli Qutb SHohga tegishli bo’lib, u 1614 yilda butun yer yuzidagi musulmonlar uchun muqaddas bo’lgan Makka zaminidan parcha keltirishga qaror qiladi. SHu bois, uning buyrug’i bilan Makka shahrining tuprog’idan keltirilib, yangi masjid bosh darvozasining g’ishtlari ushbu tuproqdan quyiladi.

 Granitdan ishlangan Makka masjidi bir vaqtning o’zida 10 ming kishini sig’dira oladi. Masjid hududida maxsus hovuz bo’lib, unda qo’lni yuvish mumkin. Uning yon qismida ikkita tosh o’rindiq bo’lib, asotirlarga ko’ra, unga bir marta o’tirgan kishi yana albatta ushbu masjidga qaytib keladi.

9238
19.03.2017