ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Ramazon ro’zasini tutish eng qiyin kechadigan davlatlar

 

Britaniyaning The Independent gazetasi ro’za tutish eng qiyin kechadigan davlatlar haqida maqola chop etdi. 

Nashrning xabar berishicha, bu yil chamasi 1,6 milliard kishi ro’za ibodatiga bog’langan. Bu esa dunyo aholisining 22 % ini tashkil etadi. Yoz oylarida ba’zi mamlakatlarda, jumladan Laplandiya, Finlyandiya, SHvetsiya singari davlatlarda quyoshning doimiy turishi kuzatiladi. Bu esa, quyosh ba’zi hollardagina bir soatga botishini bildiradi. Nashr Ramazon oyida quyosh atigi 55 daqiqa davomida botib turuvchi shimoliy Finlyandiyada yashovchi oila bilan suhbat o’tkazdi. “Bizning ro’zamiz tonggi 1:35 da boshlanib, tungi 12:48 da tamom bo’ladi. Bu esa ro’za 23 soatu 5 daqiqa davom etishini bildiradi. Bizning Bangladeshda yashaydigan do’st va yaqinlarimiz 20 soatdan ortiq vaqt davomida ro’za tutishimizga ishona olmaydilar”, deydi oila boshlig’i Muhammad. Uning so’zlariga ko’ra, qo’shni davlatlardagi musulmonlar ushbu sharoitni muvofiqlashtirib olganlar. Misol uchun, Laplandiyada yashaydigan musulmonlar o’zlariga yaqin bo’lgan musulmon davlati – Turkiya taqvimiga amal qiladi.

 

www.islam-today.ru dan olindi

 

 

3154
03.06.2017