ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Imomlar kirmagan manzil qolmadi.

2017 yil 1 iyunь kuni muborak Ramazon oyi hamda Xalqaro bolalarni himoya qilishi kuni munosabati bilan O’zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi hamda viloyat imom-xatiblari kopmleks xayriya ishlarini tashkil etdilar. 

Jumladan:

 

Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov hamda bosh imom xatib o’rinbosari Yo.Mansurov Samarqand shahridagi “Riabelitatsiya markazi”da davolanayotgan o’ndan ziyod voyaga yetmaganlarni bayram bilan tabriklab, sovg’alar ulashib, ko’ngillarini shod etish maqsadida shifoxonaga tashrifni amalga oshirdilar. Ittifoqo shifoxona ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan bayram tadbiriga to’g’ri kelgan ushbu tashrif bolajonlar uchun qo’shaloq xursandchilik bo’ldi.

 

Z.Eshonqulov bolalarni bayram bilan tabriklab, barchalariga mustahkam sog’lik tiladi hamda o’zi bilan olib kelgan esdalik sovg’alarini ulashdi.

 

Samarqand shahar bosh imom-xatibi N.Islamov viloyatdagi “Sahovat uyi”ga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan keksalardan hol-ahvol suradi. Iliq so’zlardan aytib, ko’ngillarini ko’targan bo’ldi hamda ulardan 150 nafariga shaxsiy gigienik vositalardan iborat savg’alar to’plamini ulashdi.

 

Viloyat bosh imom xatibi o’rinbosari X.Sattorov va Samarqand tuman “Imomi A’zam” jome masjidi imom xatibi A.Po’latov birgalikda homiylarni jalb qilgan holda Samarqand tumanidagi 64 - son  maxsus maktab-internatida istiqomat qilib hamda o’qib kelayotgan  bolalarga sovg’a-salomlar ulashib, quvonchlariga quvonch qo’shdi. Ta’kidlash lozimki A.Po’latov ushbu maktab-internatga tez-tez tashrif buyuradi va turli sanalar munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etib, sovg’alar taqdim etadi.

612
02.06.2017