ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Imom Termiziy ziyoratgohi va jome masjidining ochilishi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning shaxsiy tashabbusi va rahbarligida joriy yilning 31 may kuni Sherobod tumanida Imom Termiziy ziyoratgohi va jome masjidining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Marosimda O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ishtirok etdi. Majmuada shom namozi o’qilgandan so’ng, ro’zadorlarga iftorlik qilib berildi. Xufton namozi o’qib yakunlanar ekan, muftiy hazratlari tinchlik va shukronalik haqida ma’ruza qildilar, so’ngra taroveh namozi o’qildi. Taroveh namoziga bir yarim mingga yaqin namozxonlar ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Manba: Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimovning Internet sahifasidan

 

 

514
02.06.2017