ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Olimlar Nuh (a.s.) kemasini topishdi...mi?

Turk va xitoy olimlari Nuh alayhissalom kemasining qoldiqlarini topgan bo’lishlari mumkinligini aytishmoqda.

Kema bo’laklari Ararot tog’ining 400 metr balandligidan topilgan. Biroz vaqtdan so’ng uglerod yordamida o’tqazilgan tahlil Nuh payg’ambar tomonidan qurilgan kemaga tegishli deb tahmin qilinayotgan bo’lakning yoshi chamasi 4800 yil ekanligini tasdiqladi.

Kema qalin qor va vulqon jinslari qoplami bilan qoplangan. Olimlar tog’dan kemaninng qurilish materiali vazifasini o’tagan yog’och bo’laklarini topishga muvaffaq bo’lishdi. Bundan tashqari, topilma chiqqan joydan uncha uzoq bo’lmagan yerda 20 metr uzunlikdagi yog’och inshoot ham topilgan.

Qazuv ishlari ishtirokchilaridan birining shunday deydi: “Biz bu topilmani 100 % ishonch bilan Nuh payg’ambar kemasi deb ayta olmaymiz. Biroq, o’ylaymizki, ehtimollik 99,9 % ni tashkil etadi”.

 

www.islam-today.ru dan olindi    

12859
25.05.2017