ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Hojilarimiz Arofot maydonida

Bugun zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni hojilarimiz Mino vodiysidagi ibodatlarini yakunlab, erta tongdan Arofot maydoniga sog‘-salomat yetib keldilar.

Ta’kidlash kerakki, Arofot maydonida turish hajning asosiy farzlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom muborak hadisi shariflarida “Haj Arafadir” deya ta’kidlaganlar. Shuning uchun ham Arofot maydonida turish hajning asosiy farzi sifatida e’tirof etiladi.  Qayd etish joizki, Arofot maydonida turish haj amalining asosiy farz amali bo‘lish bilan birga, duolar qabul va niyatlar ijobat bo‘ladigan ulug‘vor maskandir. Arofot maydonida har bir inson millati, irqi, mansabi va jamiyatda tutgan ijtimoiy mavqeidan qati’y nazar, bir xil libosda va bir xil maqomda bo‘ladi. Bu yerda hojilarimiz zikr, tasbeh, Qur’on tilovat qilib, duolar bilan ibodatlarini  ado etadilar. Hojilar o‘z ibodatlarini shom vaqti kirib kelgunga qadar davom ettiradilar. Shom vaqti kirib kelgandan so‘ng hojilarimiz Arofot maydonidagi ibodatlarini nihoyasiga yetkazib, Muzdalifa maydoni tomon yo‘l oladilar. Bizni kuzatishda davom eting.

 

 

1023
20.08.2018