ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
O'zbekiston "Haj-2018" tibbiy xizmati eng yaxshi 10 ta davlatlardan biri deya e'tirof etildi.

Kuni kecha Saudiya Arabistoni Podshohligining sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan haj safariga kelgan 100 ga yaqin mamlakatlar orasida Haj-2018 mavsumidagi tibbiy tayyorgarlik va tibbiyot markazlarining qay darajada tashkil etilganligini o‘rganish maqsadida tanlov o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan ushbu tanlovning asosiy mezoni sifatida tashkil qilingan tibbiyot markazlarining birinchi tibbiy yordamga shayligi, tashkil qilingan davolash statsionarida ayollar va erkaklar uchun alohida, qulay va zaruriy sharoitni yaratilganligi, dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi, tez tibbiy yordam mashinalarining mavjudligi va soni, ko‘p tarmoqli tibbiy mutaxassislarining jalb qilinganligi, tibbiyot xodimlarining hojilarga tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi sifat darajalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlash kerakki, yuqorida qayd etilgan mezonlar asosida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat darajasini o‘rganish Saudiya Arabistonidagi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkillashtirilmagan holda kutilmagan tashriflar orqali  o‘rganildi. Nihoyat Haj-2018 mavsumiga tashrif buyurgan 100 ga yaqin mamlakatlarning tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi tantanali tarzda e’lon qilindi. Natija esa, O‘zbekiston Respublikasi 100ga yaqin mamlakatlar orasida Xitoy va Malayziya kabi rivojlangan davlatlar qatorida kuchli o‘ntalikka kirdi. Qayd etish joizki, mamlakatimiz O‘zbekiston Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga kiruvchi davlatlar orasida yagona bo‘lib hojilarga eng yuqori va sifatli tibbiy ko‘rsatish darajasi bo‘yicha taqdirlandi.

 

 

 

727
17.08.2018