ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Jizzax viloyati ziyoratchilari Makkada

Kuni kecha Jizzax  viloyati ziyoratchilari Madinai Munavvaradan Makkai Mukarramaga sog‘-salomat yetib keldilar. Ziyoratchilarimizni Makka shahrida joylashgan “Al-Hidoya” mehmonxonasida  ishchi guruh va Saudiya Arabistonidagi hamkor shirkat vakillari tomonidan an’anaga ko‘ra bayramona tarzda kutib olindi. 

Kutib olish tadbirida ziyoratchilarimizga zam zam va Misr Arab Respublikasidan kelgan maxsus qandolatchilar tomonidan tayyorlangan shirinliklar ulashildi. Bugun  Jizzax  viloyatidan tashrif buyurgan ziyoratchilar  bilan O‘zbekuston musulmonlar idorasi  Jizzah viloyati  vakilligi mutasaddilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida  Jizzax  viloyatining Zomin tumani bosh imom-xatibi Abror Ravshanov haj mavsumida ko‘proq duo qilish lozimligi, avvalambor, Yurtimiz tinchligining bardavom bo‘lishi va xalqimiz hayotini bundanda farovon bo‘lishini so‘rab duolar qilish lozimligi haqida gapirib, duo qilishning fazilatlari qoidalari haqida ham to‘liq ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, ziyoratchilarmizdan Zomin tumanida istiqomat qiluvchi  Yalgosh Abdurahmonov ham so‘zga chiqib, mehmonxonada yaratilgan barcha sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi. Ta’kidlash kerakki, ziyoratchilarimiz Vatanga qaytgach albatta mahallada, jamoat ishlarida faol ishtirok etib, oilalar mustahkamligi uchun faol bo‘lishlari va yoshlar tarbiyasi va ma’naviyatini yanada boyitish, yoshlarni ilmga va kasb egallashga targ‘ib qilish ishlarida na’muna bo‘lishlarini aytib o‘tishdi.

 

 

445
11.08.2018