ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Ziyoratchilarimiz uchun bayram dasturxoni yozildi

Bugun muborak juma ayyomi munosabati bilan Haj - 2018 ishchi guruhi  va Saudiya Arabistonidagi hamkor shirkat “Al-Hidoya” vakillari ishtirokida ziyoratchilarimiz uchun bayram dasturxoni yozildi. 

Ushbu tadbirda O'zbekiston  musulmonlar idorasi raisi, muftiy Hazrat Usmonxon Alimov ishtirok etdi. Ushbu tadbirda Misr Arab Respublikasidan kelgan maxsus qandolatchilar tomonidan turli shirinliklar tayyorlanib, ziyoratchilarimizga tortiq qilindi. Shuningdek, ushbu bayram tadbiri davomida ziyoratchilarimizga Saudiya Arabistonidagi hamkor shirkat “Al-Hidoya” vakillarining hadiyalari  ham ulashildi. Ziyoratchilarimiz ko‘rsatilgan bunday e’tibordan nihoyatda mamnun ekanliklarini izhor qilib, ishchi guruh rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar.

 

Makka shahridan

 

 

 

488
10.08.2018