ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Shahzoda o’zbekistonliklarni eng tartibli hojilar, deb e’tirof etdi

6 avgust kuni kechki soat 21:00 da Madina shahri amiri Faysal ibn Salmon tomonidan Saudiya Arabistoni Podshohligiga dunyoning turli davlatlaridan kelgan Haj delegatsiyalari rahbarlari uchun qabul marosimi o’tkazildi. 

Unda O’zbekistondan Haj-2018 yil mavsumi ishchi guruhi rahbari, Din ishlari bo’yicha qo’mita raisi o’rinbosari N.Abulhasan ham ishtirok etdi. Qabul marosimi davomida Nuriymon Abulhasan va Faysal ibn Salmon o’rtasida o’zaro muloqot tashkil etilib, Shahzoda  o’zbekistonliklarni eng tartibli hojilar, deb e’tirof etdi.

Shaxzoda Faysal ibn Salmon o’z so’zida O’zbekiston Respublikasini qadim tarixga ega davlat sifatida ko’rishini ta’kidlab, bu yurtda yetishib chiqqan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy,  Hakim Termiziy kabi buyuk allomalarning ilmiy merosi hozirgi vaqtda ham jahon ilm dunyosida mayoq bo’lib nur taratayotganini alohida e’tirof etdi.

Tadbir davomida N.Abulhasan Madina mintaqasi amiri Faysal ibn Salmonga ko’rsatilgan hurmat-e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.

Bundan tashqari Haj va Umra ishlari vaziri Solih Bintin bilan ham  o’tkazilgan uchrashuvda O’zbekistonning Haj va Umra tadbirlari Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan Haj va Umra ishlari vazirligi bilan hamkorlikda namunali tashkil etilayotgani e’tirof etildi va minnatdorlik bildirildi. Kelgusi yillarda Haj va Umra tadbirlarida ziyoratchilarimiz uchun Madina shahrida yaratilayotgan sharoitlarni takomillashtirish, xizmatlar darajasini yanada yuqori saviyaga ko’tarish maqsadida Masjid un-Nabaviyga yanada yaqin va qulayroq haramdan 100 metr masofada joylashgan “Madina millenium”, “Zam-zam pullman” va “Misbah tayyiba” mehmonxonalariga joylashtirish masalasi o’rganildi va ularning sharoitlari bilan tanishib chiqildi.

 

Madina shahridan

 

 

 

91
09.08.2018