ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
“Qo’shnichilik – ming yilchilik”

“Ziyo media markazi” ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Qo’shnichilik – ming yilchilik” deb nomlangan ko’rsatuv 2018 yilning 1 avgust – chorshanba kuni soat 21:30 da “O’zbekiston” telekanali orqali namoyish etiladi.

Dasturda “Abdulloh ibn Mas’ud” masjidi imom-xatibi Ergash domla Mirzayevning dinimiz manbalari asosidagi suhbatlarini tinglashingiz mumkin.

Yangiobod mahallasi raisi Manzura Valiyeva yurtimizda mahalla bo’lib yashash, qo’shnichilik haqida ma’lumot berib o’tadilar.

Ko’rsatuvda bir qator qiziqarli lavhalar, mahallalarda, qo’shnilar o’rtasida ro’y berishi mumkin bo’lgan holatlar sahnalashtirilgan.

Shuningdek, unda Xalqaro islom akademiyasi talabalari tomonidan mavzuga oid ma’lumotlar keltiriladi.

Ko’rsatuvni tomosha qiling, qo’shnichilik haqlari haqidagi lavhalardan ibrat oling!

 

 

143
01.08.2018