ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Madina shahridagi O`zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv

Joriy yilning 29-iyul kuni Madina Shahridagi “Javharat Al-Rashidin” nomli mehmonxonada O'zbekiston Respublikasining Jidda shahridagi Bosh konsulligi tashabbusi bilan O'zbekiston musulmonlar idorasi raisi Usmonxon Alimov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining o'rinbosari Nuriymon Abulhasan Madina  Islom universitetida tahsil olayotgan bir guruh O'zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Uchrashuvda O'zbekiston musulmonlar idorasi raisi Usmonxon Alimov bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, oxirgi ikki yil davomida diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar bilan talabalarni tanishtirib o'tdi. Ushbu islohotlarning natijasi o'laroq, mamlakatimizda tashkil etilayotgan diniy ta'lim muassasalarida kelgusida o'z mutaxassisliklari bo'yicha faoliyat yuritishlari imkoniyati mavjudligi haqida, talabalarga aytildi.

 

Shu bilan birga, ularni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

 

Xususan, uchrashuvda talabalar tomonidan Madina shahridagi Islom universiteti diplomining nosterifikatsiya haqida berilgan savollarga ham aniqlik kiritildi.

 

 

 

509
31.07.2018