ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Ta'ziya

Hadisi sharifda “Olimning o’limi - olamning o’limi” deyiladi. Darhaqiqat, Anvar qori domla Tursunov chin ma’noda buyuk olim edilar.

Uzoq yillar xalqimizga ma’rifat ulashib, dinimizning musaffo qadriyatlarini tarqatib kelganlar. Ayniqsa, Anvar qori domlaning "O’zbekiston" televideniesi "Hidoyat sari" dasturi orqali chiqishlari, har bir mavzuni xalqona tilda, sodda usulda tushuntirishlari elimiz qalbidan chuqur o’rin olgan.

Anvar qori Tursunovning vafot etishlari har bir yurtdoshimiz uchun og’ir ayriliqdir.

“Ziyo” media markazi jamoasi Ustozning yaqinlariga va xalqimizga ta’ziya bildiradi hamda Allohdan Ustozimizning joylari jannatda bo’lishini duolarda so’raydi. Yaqinlari va oila a’zolariga sabri jamil ato qilsin.

 

800
13.06.2018