ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Ilmning fazli amal bilan

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning: “Ilmga rioya qiluvchilardan bo’linglar, uni faqat rivoyat qiluvchi bo’lmanglar!”, degan mazmundagi hadislari mavjud. 

Demak, ilm – unga amal qilish bilan qadrlidir, nafaqat sohibiga, balki barchaga manfaatlidir. “Ziyo” media markazi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi ko’rsatuv “Ilmning fazli amal bilan”, deya nomlanib, u 2018 yil, 27 aprel juma kuni soat 18:55da efirga uzatiladi.

Ushbu ko’rsatuv ijodkorlari hamda ishtirokchilari Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdilar.

Ko’rsatuvda Yunusobod tumani “Kamoliddin Orif al-Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi Zakariyo Hafizullaev  ishtirok etganlar.

Shuningdek, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari hadis va hikmatlar asosidagi fikrlarini bayon etadilar. Ko’rsatuvni tomosha qiling, ilm – unga amal qilish bilan fazilatli ekaniga yana bir borа guvoh bo’ling!

 

 

1258
27.04.2018