ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Hunarli bo’lish barakotdir

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Alloh taolo kasb qiluvchi mo’minni yaxshi ko’radi”, deya marhamat qilganlar. Binobarin, kasbu hunarli bo’lish kishi hayotidagi barakaning asosidir. 

“Ziyo” media markazi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi ko’rsatuv “Hunarli bo’lish barakotdir”, deya nomlanib, u 2018 yil, 18 aprelь chorshanba kuni soat 18:55da efirga uzatiladi.

Ushbu ko’rsatuv ijodkorlari hamda ishtirokchilari Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamg’armasining Toshkent shahri bo’limi va uning xalq amaliy san’atiga ixtisoslashtirilgan Ustoz-shogird yo’nalishidagi maktabi – Abulqosim madrasasiga tashrif buyurdilar. Ko’rsatuvda Toshkent shahar “To’xtaboy” masjidi imom xatibi Zokirjon Sharipov hamda hunarmandlar Zokir Hakimov va Mirmaqsud Mirrahimboevlar ishtirok etganlar.

Shuningdek, Toshkent islom universiteti talabalari hadis va hikmatlar asosidagi fikrlarini bayon etadilar.

Hunarli bo’lish fazilatlari borasida ko’rsatuvni tomosha qiling hamda kasbu hunarning siz bilmagan foydalari haqida batafsil bilib oling!

 

 

948
18.04.2018